Sagovniksimonlar, sikada simonlar (Cycadopsida) — ochiq urugʻli oʻsimliklar sinfi. Tanasi tugunaksimon yoki turpsimon, baʼzilariniki ustunsimon; boʻyi 18–20 m. Tanasining yuqori qismida qirqquloqsimon, patsimon qattiqbarg (uz. 3 m gacha) bogʻlamlari bor. Bargi 1—2 yildan keyin toʻkiladi. S. ikki uyli, megasporalar va mikrosporalardan koʻpaadi. Qubbasi oʻzak. 9—10 turkumga boʻlingan 100 tacha turi maʼlum. Asosan, tropik va subtropik mamlakatlarda tarqalgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil