Sikhlar — 1) Hindistondagi sikxizm tarafdorlari. Boburiylar bilan uzoq vaqt urushlar olib borishgan (17—18-asrning boshi) va Panjobda oʻz davlatini tuzishgan (1765—1849). S.ni tashqi koʻrinishiga qarab Hindistonning boshqa xalqlaridan ajratish oson. Erkaklari soqol oʻstiradi, sochlarini oldirmaydi. Sochlarini bosh kiyim — pagriy (salla)ga taroq bilan turmaklab qoʻyadilar, soqollarini iyaklariga oʻziga xos ravishda bogʻlab quyishadi. S. doimo bellariga xanjar (yoki qilich) va qoʻllariga bilaguzuktaqib yurishadi. S. — dehqonchilik, hunarmandchilik, temirchilik bilan shugʻullanadi, ayrimlari sanoatda band; 2) panjobilardan ajralib chiqqan xalq. Umumiy soni 16,7 mln. kishi (1990y.lar oʻrtalari), shu jumladan, Hindistonda 16,5 mln. kishi. S. panjobi tilida soʻzlashadi. Dindorlari sikxizmga eʼtiqod qiladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil