Silicon Valley Bank (Silicon vodiysi Banki) — Kaliforniyada joylashgan moliyaviy guruhi boʻlmish „SVB Financial Group“ tarkibiga kiruvchi bank. AQShdan tashqari Buyuk Britaniya, Irlandiya, Germaniya, Isroil, Xitoy, Gonkong, Hindiston, Daniya, Kanada va Kayman orollarida ham faoliyat yuritadi. SVB Financial Group 2021-yilgi Fortune 500 roʻyxatida 613-oʻrinni egallagan[1].

Silikon Valley Banki
inglizcha: Silicon Valley Bank
Asosiy maʼlumotlar
Asos solingan 17-oktabr 1983-yil
Yopilgan yil 10-mart 2023-yil
Bosh kompaniyasi SVB Financial Group
Auditor KPMG
Sayti svb.com
Silicon Valley Bank

Tarixi

tahrir

Silicon Valley Bank 1983-yilda Kaliforniya shtatining San-Xose shahrida tashkil etilgan. 1985-yilda Palo Altoda, 1986-yilda Santa Klarada boʻlim ochilgan. 1988-yilda birlamchi aksiyalar joylashuvi oʻtkazildi. 1995-yilda shtab-kvartira San-Xosedan Santa Klaraga koʻchirildi. 1999-yilda Delaverda roʻyxatdan oʻtgan SVB Financial Group xolding kompaniyasi tashkil etildi. 2004-yilda Buyuk Britaniya va Hindistonda, 2005-yilda esa Xitoy va Isroilda faoliyatlar boshlandi. 2012-yilda Shanghai Pudong Development Bank bilan Xitoyda venchur kapitalini moliyalashtirish bilan shugʻullanuvchi qoʻshma korxona tashkil etildi.

Smit rahbarligida bank 1990-yillarning boshlarida portfoliosining 50% ni tashkil etuvchi yuqori darajadagi xavfli ko'chmas mulk krediti biznesiga diversifikatsiya qilindi.

2020-yil oxirida aktivlar 116 milliard dollarni tashkil etdi, shundan 49 milliard qismi qimmatli qogʻozlarga toʻgʻri keldi (asosan ipoteka kreditlari), 45 milliard berilgan kreditlarga toʻgʻri keldi (asosan texnologiya va sogʻliqni saqlash sohasidagi kompaniyalarni venchur moliyalashtirish doirasida 30 milliondan ortiq kreditlar); berilgan kreditlarning qariyb yarmi Kaliforniya, Nyu-York- York va Massachusets Shtatlariga toʻgʻri keldi. Muhim faoliyat yoʻnalishi-AQShning gʻarbiy qismidagi vino xoʻjaliklarini moliyalashtirish. Qabul qilingan depozitlar 102 milliard dollarni tashkil etdi[2]

Bankrotlik

tahrir

Bank venchur kapitalistlardan mablag‘ to‘plashga muvaffaq bo‘lgan yuqori texnologiyali startaplardan pul olgan (u Qo‘shma Shtatlardagi venchur texnologiya va tibbiyot kompaniyalarining deyarli yarmi bilan hamkorlik qilgan). Silicon Valley omonatlarning bir qismini oʻz hisobvaraqlarida qoldirdi, boshqa qismini, asosan, uzoq muddatli gʻaznachilik va ipoteka obligatsiyalariga investitsiya qiladi. Bunday moliyalashtirish usuli kam boʻlsada, ammo barqaror daromad keltirishi kerak edi[3].

Bunday strategiya usuli yillar davomida yaxshi ishladi: bank aktivlari 2018-yildagi 49 milliard dollarni tashkil qilgan boʻlsa, 2020-yil oxirida bu koʻrsatkich ikki baravar ko‘payib 102 milliard dollarga, 2021-yilda esa 189,2 milliard dollarga yetdi. Aholi va biznesni qoʻllab-quvvatlash uchun Amerika iqtisodiyotiga davlat tomonidan ajratilgan mablagʻlar („vertolyot“ pullar) tufayli yuzaga kelgan bunday oʻsish startaplar va texnologik kompaniyalar pandemiya davrida rekord miqdordagi investitsiyalarni jalb qilishiga olib keldi. Biroq, Silikon Valley Federal rezerv foiz stavkalarini oshirishni boshlashdan oldin katta miqdordagi obligatsiyalarni sotib oldi. Foiz stavkalari oshgani sayin, yangi chiqarilgan davlat obligatsiyalari boʻyicha daromadlilik yuqori boʻlganligi sababli, bank aktivlari jozibadorligi pasaya boshladi[3].

Agar foiz stavkalari koʻtarilgan bir vaqtda mijozlar oʻz hisobvaraqlaridan pullarini ommaviy ravishda yechib olishni boshlamaganda, balki bu bankrotlikka olib kelmagan boʻlardi. 2023-yil 8-mart, chorshanba kuni bank omonatchilarga pullarini to‘lash uchun o‘z aktivlarining bir qismini sotishga majbur bo‘ldi va buning oqibatida deyarli ikki milliard dollar yo‘qotgani haqida eʼlon qildi. Bu asosiy venchur firmalar orasida vahima qoʻzgʻatdi va ular kompaniyalarga oʻz pullarini ushbu bankdan yechib olishni maslahat berishdi. Restive Ventures kompaniyasining moliyaviy sohasi investori boʻlmish Rayan Falvi ushbu voqeani sanoatda „yuziga qaramay burnini kesish“ misoli deb ataydi[3].

Falvey, yuzaga kelgan muammolarga qaramay, Silikon Valley katta kapitallashuv va boshqa ijobiy moliyaviy koʻrsatkichlarga ega ekanligini takidlaydi. Ammo 9-mart kuni bank zudlik bilan 1,75 milliard dollar miqdorida qoʻshimcha moliyalashtirishni jalb qilish rejalarini eʼlon qilishi natijasida investorlar orasida haqiqiy vahimaga yuzaga keldi. 10-mart kungi savdolarda Silikon Valley kotirovkalari deyarli 60 foizga tushib ketdi[3].

Manbalar

tahrir
  1. „SVB Financial Group“ (inglizcha). Fortune. 16-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-oktabr 2021-yil.
  2. „Annual Report 2020, Form 10-K“ (inglizcha). SVB Financial Group. 16-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-oktabr 2021-yil.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 „В США обанкротился Silicon Valley — это крупнейший крах банка с 2008 года“ (ru). meduza (2023-yil 11-mart). Qaraldi: 3-dekabr.