Silikagel (lot. silex — chaqmoqtosh va gelo — iviq) — polisilikat kislotaning quritilgan angidridi (geli); qattiq gidrofil sorbent (qarang Sorbentlar) S. natriy yoki kaliy silikat eritmasiga sulfat yoki xlorid kislota qoʻshib hosil qilinadi. Ortosilikat kislotaning ortoefirlarini gidrolitik parchalash yoʻli bilan yuqori sifatli S. olinadi. S. mineral moylarni tozalashda, katalizator sifatida, yogʻlar, yonilgʻilar, organik suyuqliklarni quritishda ishlatiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil