Simen Agdesteyn
Simen Agdeshteyn ( norv.: Simen Agdeshteyn; 1967-yil 15-may)norvegiyalik shaxmatchi (grossmeyster) va futbolchi .
Simen Agdesteyn | |
Simen Agdestein | |
Tugʻilgan sanasi: | 15-may 1967-yil |
Tugʻilgan joyi: | Asker Norvegiya |
Yashash joyi: | Norvegiya |
Unvoni: | Grossmeyster GM-1985-yil Xalqaro master MM -1983-yil |
Maksimal reytingi: | 2637 (iyul 2014) |
Hozirgi reytingi : | 1500015 |
Biografiyasi
tahrirSimen bolaligidan shaxmat bilan shug'ullangan, 1982- yilda o‘n besh yoshida Norvegiya tarixidagi eng yosh shaxmat chempioniga aylandi (keyinchalik u yana yetti marta mamlakat chempionligini qo'lga kiritgan, oxirgi marta 2022-yilda). O'sha yili u Shaxmat Olimpiadasida debyut qilib, to'rtinchi doskada eng yaxshi natijani qayd etgan. 1983-yilda Agdeshteyn Yeyovikdagi [1] turnirda sobiq jahon chempioni Boris Spasskiyni mag'lub etdi. 1985-yilda u hududiy turnirda oltinchi o'rinni egalladi va Norvegiya tarixidagi birinchi grossmeysterga aylandi[2]. 1986-yilda Agdeshteyn 20 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasidagi shaxmat bo'yicha jahon chempionatida ikkinchi o'rinni egallagan).
1980-yillarning o'rtalaridan boshlab Agdeshteyn Norvegiyaning ikkinchi divizioni Lyun klubida futbol o'ynagan, u futbol va shaxmatni birlashtirdi (u turnirlarda qatnashish uchun jamoani tark etardi) va Oslo universitetida sotsiologiya bo'yicha tahsil oldi. 1988-1989-yillarda Agdeshteyn Norvegiya terma jamoasi safida 8 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urgan. Shu bilan birga, 1989-yilda u jahon shaxmat reytingida o'n oltinchi o'rinni egallaydi[1][2]. Agdeshteynning futbolchilik faoliyati 1992-yilda pay cho'zilishi va shikastlanishi[1] tufayli yakunlangan. 1990-yillarda shaxmatdagi natijalari ham pasayib ketadi va ta'lim olishni uning ustuvor vazifasiga aylanadi (1995-yilda Agdestein Cand.polit darajasini old)[2] .
1997-yilda Agdeshteyn shaxmat bo'yicha darslik nashr etadi. Keyingi yili u Berumda shaxmat maktabiga asos soladi. Agdeshteyn qo'l ostida Baerumda shug'ullangan shogirdlaridan biri bo'lajak jahon chempioni Magnus Karlsen edi. Keyinchalik Simenning ukasi Espen Karlsenning menejeri bo'ldi va Simen uning tarjimai holini yozdi.
1999-yilda Agdeshteyn Cappelle-la-Grand [2] ochiq musobaqasida, 2003-yilda Men orolidagi[3] turnirda g'olib chiqdi. 2014-yilda u Stavanger superturnirida ishtirok etib, oxirgi o'ninchi o'rinni egalladi[4] .
Reyting oʻzgarishi
tahrirFutbol statistikasi
tahrirShaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Simen Agdestein | ||
Tavallud sanasi | 1967-yil 15-may (55 yosh) | ||
Tavallud joyi | Asker, Norvegiya, | ||
Boʻyi | 188 | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1984-1992 | Norvegiya Lyun [6] | (92 (37)) | |
Milliy terma jamoa | |||
1988-1989 | Norvegiya | (8 (1)) | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Klubdagi faoliyati | Liga | Kuboglar | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Klub | Liga | O'yinlar | Gollar | O'yinlar | Gollar | O'yinlar | Gollar |
Norvegiya | Liga | Norvegiya kubogi | Jami | |||||
1984-yil | Lyun [7] | 2 | 0 | - | 2 | 0 | ||
1985-yil | 4 | 1 | - | 4 | 1 | |||
1986-yil | 4 | 1 | - | 4 | 1 | |||
1987-yil | 19 | 8 | - | 19 | 8 | |||
1988-yil | 17 | 13 | 1 | 0 | 18 | 13 | ||
1989-yil | 17 | 5 | - | 17 | 5 | |||
1990-yil | 17 | 8 | 3 | 0 | 20 | 8 | ||
1991-yil | Birinchi divizion | 2 | 0 | - | 2 | 0 | ||
1992-yil | 10 | 1 | 2 | 6 | 12 | 7 | ||
Jami | Norvegiya | 92 | 37 | 6 | 6 | 98 | 43 | |
Karyerasi davomida | 92 | 37 | 6 | 6 | 98 | 43 |
Adabiyot
tahrir- Шахматы: энциклопедический словарь / гл. ред. А. Е. Карпов. — М.: Советская энциклопедия, 1990. — С. 277. — 621 с. — 100 000 экз. — ISBN 5-85270-005-3.
Manba
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Калашников, М. „Как шахматист и футболист Симен Агдестейн из двух дорог выбрал третью“. PROСПОРТ онлайн (2014-yil 16-noyabr). 2014-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 14-dekabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Brekke, Ø. „Simen Agdestein“ (no). Norsk biografisk leksikon. 2017-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 14-dekabr.
- ↑ Pein, M. „Agdestein nets a winner“. The Telegraph (2003-yil 8-oktyabr). 2016-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 14-dekabr.
- ↑ „Территория Карлсена становится домашней для Карякина“. chess-news.ru (2014-yil 14-iyun). 2014-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 14-dekabr.
- ↑ Numbers according to FIDE Elo lists. Data sources: FIDE (period since 2001), OlimpBase (period 1971 to 2001)
- ↑ „Статистика выступлений Агдестейна за «Люн»“. 2012-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-avgust.
- ↑ „Simen Agdestein“. 2012-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 28-dekabr.
Havolalar
tahrir- Shaxsiy sahifasi FIDE saytida
- Partiya Chessgames.com saytida(ingl.)
- Shaxsiy sahifasi 365chess.com saytida(ingl.)