Simtepa
Mamlakat: O'zbekiston
Hudud: Fargʻona
Davr: Mil.avv. II-I asrlar
Maqomi: Arxeologiya yodgorligi
Manzil: Ahmad Al-Fargʻoniy bogʻi
Tadqiqotchi: N. G. Gorbunova, B. Z. Gamburg
Holati: Mavjud emas (1958-yilda buzib tashlangan)

Simtepa — Oʻzbekistondagi arxeologiya yodgorligi. Fargʻona viloyati hududida joylashgan[1].

Simtepa Ahmad al-Fargʻoniy nomidagi oromgohning katta favvora va charxpalak atraksioni oʻrnida joylashgan bolib, 1958-yilda buzib yuborilgan. N. P. Arxangelskiyning keltirishicha, 19201925-yillarda Simtepa yodgorligidan gʻisht uchun tuproq olayotgan mahalliy millatga mansub ishchilar topilgan sopol idishlarni qadim zamonlarda yashagan majusiylarga tegishli boʻlsa kerak deb tushunishib sindirib yuborganlar. Yodgorlikni Simtepa deb nomlanishi undagi topilmalardan kelib chiqqan degan qarashlar saqlanib qolgan.

19521960-yillarda Fargʻona shahridan turli yer osti quvurlarni oʻtkazish va yangi binolar uchun poydevorlar qazish vaqtida duch kelingan tasodifiy ashyo ham shaharni mil. avv. I asrga oidligi tasdiqlangan.

Mazkur osori-atiqalarning aksariyati Margʻilonsoy qirgʻogʻiga yaqin joylardan topilgan. Bu esa Margʻilonsoy atroflarida qadimdan koʻplab manzilgohlar mavjud boʻlganini koʻrsatadi. XX asrning 50-yillariga qadar mazkur qadimgi manzilgohdan faqat Simtepa yodgorligi saqlanib qolgan.

19571958-yillarda umumiy maydoni 400 m kv, balandligi 11 m dan iborat Simtepa yodgorligida viloyat muzeyi xodimlari arxeologlar N. G. Gorbunova, B. Z. Gamburg tomonidan arxeologik qazishma ishlari olib borilgan. Qazishmalar yodgorlikni Fargʻona I/II (Dovon davri miloddan avvalgi II asrdan milodning I asri) davri yodgorliklariga oidligini koʻrsatadi[2].

Arxeologik qazishmalar paytida 1500 dan ziyod sopol buyum parchalari, shisha buyumlar, yorgʻuchoq va tosh tegirmonlar topilgan. N. G. Gorbunovaning taʼkidlashicha, Simtepa yodgorligidagi xom gʻishtlar tushirilgan tamgʻalar koʻpligi jihatidan Fargʻona viloyatida yagona boʻlgan yodgorlikdir[3].

Simtepa yodgorligidagi sopol buyumlarning eng soʻnggi sihlanish davri oʻrta asrlarga toʻgʻri keladi. Shu sababdan arxeolog olimlar Simtepani Buyuk Ipak yoʻli yoʻnalishidagi arxeologik yodgorliklar roʻyxatiga kiritishgan. Bu yoʻl Qoshgʻar—Oʻsh—Mingtepa—Quva—Simtepa va undan Turkiston togʻ tizmalari boʻylab Xoʻjand, undan Soʻgʻd va Baqtriya tomonlarga ketgan.

Manbalar

tahrir
  1. Nodirbek Abdulahatov, O'ktamjon Eshonboyev. Marg'ilon mahallalari tarixidan. Andijon nashriyot matbaa MChJ 2012 — 14-bet. 
  2. Nodirbek Abdulahatov, Tolibjon G'oziyev. БУРҲОНИДДИН МАРҒИНОНИЙ. Toshkent Yangi asr avlodi 2010 — 192-bet. 
  3. Горбунова Н.Г., Козенкова В.И. Сым-тепе — поселение в Фергане. АСГЭ. Вып.16. Л.: «Аврора». 1974 — 93-bet.