Margʻilonsoy
Margʻilonsoy — Fargʻona viloyatidagi soy. Vodil qishlogʻidan quyida Shohimardonsoy shu nom bilan ataladi. Uzunligi 45 km dan ortiq. Yuqori qismida vodiysi tor. Oʻrta va quyi oqimida Margʻilonsoy vodiysi va uning gidrologik rejimining tabiiy holati keskin oʻzgargan. Oʻrtacha yillik suv sarfi 5 m³/sek. Vegetatsiya davrida Margʻilonsoy suvi toʻla sugʻorishga sarflanadi. Margʻilonsoyga quyi oqimida kollektorzovur suvlari ham kelib quyiladi. Alr.dan suvi koʻpaya boshlaydi, iyulda eng koʻp boʻladi, sen-t.dan kamaya boshlaydi. Fargʻona va Oxunboboyev tumanlarining ekin maydonlarini va shu tumanlardagi qishloklarni suv bilan taʼminlaydi.
Margʻilonsoy | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 45 |
Davlat | Oʻzbekiston |
Margʻilonsoy vodiysida Fargʻona va Margʻilon shaharlari hamda Qirguli shaharchasi, bir qancha qishloqlar joylashgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |