Shohimardonsoy (Archaboshi, Oqsuv, Margʻilonsoy) — Fargʻona viloyatidagi daryo. Olay va Turkiston tizmalarining shimoliyyon bagʻridan boshlanadigan Oqsuv va Koʻksuv soylarining qoʻshilishidan (Shohimardon qishlogʻi yaqinida) hosil boʻladi. Vodil qishlogʻidan Fargʻona shahrigacha Margʻilonsoy, undan quiiroqda Sh. nomi bilan maʼlum. Uz. 112 km. Havzasining maydoni 1300 km². Qisman Qirgʻiziston hududidan oqib oʻtadi. Bir necha tarmoqqa boʻlinadi. shahriga 32 ta mayda soyjilgʻalar qoʻshiladi (umumiy uz. 86 km). Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 10,1 m³/sek., sel kelganda 64 m³/sek., oʻrtacha yillik oqim miqdori 319 mln. m³. Oʻrtacha yillik suv sarfi 10,5 m³/sek.dan (koʻp suvli yilda) 7,86 m³/sek.gacha (kam suvli yilda) oʻzgaradi. Sh. suvi ekin maydonlarini sugʻorishga sarflanadi. Soy vodiysida Shohimardon, Oqqiya, Qumbuloq, Langar va boshqalar qishloqlar joylashgan. shahrida bir necha kichik GESlar qurilgan.