Sin davlati
Sin davatiga asos solinishi
tahrirXVI asr oxiri — XVII asr boshlarida Min imperiyasi uchun o‘ta xavfli tashqi raqib ham paydo bo‘ldi. Bu imperiyaga chegaradosh hududlarda tashkil etilgan Manjuriya davlati edi. Manjurlar imperiyaning katta qismini bosib oldilar. 1636- yilda Abaxay o‘zini imperator deb e‘lon qildi. O‘z sulolasini Sin (toza, tiniq) nomi bilan atay boshladi. 1644-yil bahorida kuchli qarshilikka duch kelmasdan hukumat kuchlari, qoʻzgʻolonchi qoʻshinlar jadallik bilan oldinga Pekinga siljishdi. Mamlakat uzoq davom etgan ichki urush tufayli zaiflashgan edi. 1644-yil aprelda Pekin LisziChen otryadi tomonidan bosib olindi va Min sulolasining oxirgi imperatori o‘z joniga qasd qildi. Bu vaqtga kelib, manjurlar ko‘plab xitoyliklarga xos elementlarni qabul qilganlar, jumladan Xitoy madaniyati, ayniqsa, eng muhimlaridan biri bu davlat boshqaruvi tamoyillari edi. Manjur-Sin imperiyasining tashkil topishi Manjurlar o‘zlarini „manzu“ deb atovchi xalq hisoblanadi. Asosiy qismi Xitoy Xalq Respublikasining shimoliysharqiy qismi Dunbey (东 北) da yashaydi. Manjurlarning etnogenezi milodiy IV asrdagi „moxe-vuji“ qabilalar ittifoqiga borib taqaladi. Tayzi 1636-yil barcha hududlarni birlashtirdi va Shenyanda imperatorlik tojini kiydi. Davlatiga esa Sin imperiyasi nomini berdi. Bu davrda Koreya ularning dushmani edi. 1637-yilda Koreya ham bo‘ysundirildi. Sinlar ichki Mo‘g‘ulistonni egallab, Min sulolasi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri chegaraga tutashdi. 1636-1643 yillar Sinlar 3 marotaba Buyuk Xitoy Devoriga hujum uyushtirdi va Xitoy hududlarini taladilar. Bunday talonchiliklar Xebey, Shandun, Xenanda sodir bo‘ldi. Bunday holatda aholi partizanlik janglarni boshlab yubordi. 1643-yilda Sinlar Xayjouni egallaganlarida Syao Yuanya boshliq xristian partizan guruhi Sinlarga qarshi hujumga o‘tdi va asirga olingan maxbuslarni ko‘pini qo‘lga oldi. 1642-yil Buyuk Xitoy Devori yaqinidagi SunShan shahri bosib olindi, keyinchalik Ji va Lyao rayonlari bo‘ysundirildi. 1643-yil Xuan Tayzi vafot etdi va uning o‘rniga o‘g‘li FuLinyu keldi. Uning o‘smirlik davrida vaqtinchalik boshqaruvni amakisi Dorgun boshqargan. 1644-yil Liszichen Pekinga kirdi va Min sulolasini agʻdarib, Xitoyda yangi sulolaga asos soldi. Shuning bilan Xitoyda 300 yilga yaqin hukmronlik qilgan va butun Xitoy yerlarini birlashtirgan yangi sulola Sin sulolasining rasman hukmronligi boshlandi. XVII asrning birinchi yarmida Xitoy manjur qabilalari bilan uzoq vaqt davomida urush olib bordi. O‘z navbatida dehqonlar ham mahalliy boylarga qarshi bosh ko‘tardilar. Dehqonlar qo‘zg‘olonidan talvasaga tushgan Xitoy feodallari manjur suvoriylariga Pekin darvozalarini ochib berdilar va ular yordamida qo‘zg‘olonni bostirmoqchi bo‘ldilar. Ana shu xoinlik tufayli manjur feodallari 1644-yilda Pekinda hokimiyatni qo‘lga oldilar. Ular yuqori harbiy lavozimlarni, serhosil, unumdor yerlarni egallab, aholidan turli soliqlar undira boshladilar. Davlat tepasida manjurlarning Sin sulolasiga mansub cheklanmagan mutlaq hokimiyatga ega bo‘lgan bog‘dixonlar (imperatorlar) turar edilar.
Manbalar
tahrirBu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |