Sindh, sindh tili — hind (hindoriy) tillaridan biri. Asosan, Pokistonning Sind viloyati (taxminan 10 mln.dan ortiq kishi soʻzlashadi) hamda Hindistonning Maharashtra, Gujarat va Rajasthan shtatlarida (2 mln.dan ortiq kishi gaplashadi) tarqalgan. 6 lahjaga boʻlinadi: vicholi, sirayki, lasi, lari, thareli, kachchhi. Adabiy til vicholi lahjasi asosida shakllangan. Bir qator inʼyektiv jarangli undoshlarning saqlanib krlganligi va boshqa xususiyatlari bilan qardosh tillardan farq qiladi. Morfologiyada boshqa zamonaviy hindoriy tillariga Karaganda flektiv shakllar koʻproq uchraydi.

Sindh tili
Milliy nomi سِنڌِي‎[1], सिंधी va સિંધી
Mamlakatlar Pokiston[2] va Hindiston[3]
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 24 600 000
Alifbosi Sindhi Perso-Arabic script, Devanagari Sindhi, Gujarati, Khojki va Khudabadi
Til kodlari
ISO 639-1 sd[4]
ISO 639-2 snd[4]
ISO 639-3 snd[4]

S.da adabiyot 17—18-asrlardan beri rivojlanib kelmoqda. Pokistonda S. uchun anchagina yangi belgilar qushilgan arab yozuvi ishlatiladi. Hindistonda esa devanagari alifbosi qoʻllanadi.[5]

Manbalar

tahrir