Sindor Babanov
Sindor Babanov (1908-yil, Mitan tumani, Samarqand – 1938-yil, Toshkent) – kolxoz raisi. Stalin davri qatagʻoni qurboni boʻlgan.
Sindor Babanov | |
---|---|
Tavalludi |
1908-yil Siyob volosti, Samarqand |
Vafoti |
1938-yil Toshkent |
Fuqaroligi | SSSR |
Faoliyat yillari | 1921—1937 |
Biografiyasi
tahrirSindor Babanov 1908-yilda Samarqand viloyatidagi Mitan tumani Qulota qishlogʻida tugʻilgan. Oilasi kambagʻal boʻlib, dehqonchilik bilan shugʻullangan. Millati – oʻzbek. Otasi 1929-yilda kolxozga aʼzo boʻlgan. Sindor Babanov 1932-yilning 14-avgustida OʻzSSR kommunistik partiyasi aʼzoligiga qabul qilingan.
Sindor Babanov mehnat faoliyatini 1921-yildan boshlagan. 1921-yildan 1928-yilga qadar Qoradaryo tumanida joylashgan xususiy xoʻjaliklarda oddiy ishchi sifatida ishlagan. Baʼzi vaqtlarda choʻponlik qilgan. 1928-yildan 1930-yilgacha Mitan tumanidagi Fayzulla Xoʻjayev kolxozida oddiy ishchi vazifasida mehnat qilgan. 1930-yilga kelib Mitan tumanida joylashgan kolxozchi yoshlar maktabiga oʻqishga kirgan. Tahsilni 1932-yilda tamomlaydi. 1932—1933-yillarda ketmonchi, kolxozchi, 1933—1934-yillarda Samarqand shahrida joylashgan sovet va partiya maktabida taʼlim olgan[1].
1934-yildan 1935-yilgacha Fayzulla Xoʻjayev nomidagi kolxozga rais boʻlgan. 1935—1936-yillarda Toshkent shahridagi OʻzKompartiya Komiteti propagandistlar tayyorlash kursida oʻqigan[2].
Oʻqishni tamomlagandan keyin 1936-yilning iyulidan boshlab 1937-yilning fevral oyiga qadar Mitan tumani partiya komitetida propagandist boʻlib ishlaydi. 1937-yildan Mitan tumani xalq maorifi boʻlimi inspektori vazifasida faoliyat yuritadi. Qamoqqa olingan paytda yashash manzili sifatida Mitan tumani Zarband qishloq sovetida joylashgan Fayzulla Xoʻjayev kolxozi koʻrsatilgan.
1938-yilning 8-oktyabrda SSSR Oliy Sudi Harbiy kollegiyasining sud majlisida oʻlimga hukm qilinadi. Hukm ijrosi oʻsha kuni taʼminlanib, otib tashlanadi.
Kommunistik partiyaning XX syezdidan soʻng realibitatsiya qilingan.
Manbalar
tahrir- ↑ Rustambek Shamsutdinov. Коллективлаштириш ва “катта террор” даврида қатагон қилинган ватандошларимизнинг xoтиpa китоби. Тошкент: Янги аср авлоди, 2015 йил — 337-bet. ISBN 978-9943-27-589-9.
- ↑ Rustambek Shamsutdinov. Oʻzbekistonda sovetlarning qatagʻon siyosati va uning oqibatlari (1-kitob). Sharq Toshkent 2012 — 237-bet. ISBN 978-9943-00-481-8.