Singapur Mustaqillik kuni Singapurning asosiy milliy bayrami. U 9-avgust kuni nishonlanadi. Baʼzan bayramni oddiygina „parad“ („parade“) deb atashadi.

Tarixi va bayram qilinishi

tahrir

Singapur Mustaqillik kuni 1965-yildan beri anʼanaviy ravishda har yili nishonlanadi va Singapurning Malayziyadan mustaqillikni qoʻlga kiritishi va undan ajralib chiqishi bayram qilinadi. Shu kuni Singapurga mustaqillik beruvchi shartnoma imzolangan edi[1].

Bayram tantanalarini koʻp jihatdan Rossiyadagi Gʻalaba kunini nishonlashga oʻxshatish mumkin. Mamlakatda xalq sayillari oʻtkaziladi, unda mamlakatning minglab fuqarosi ishtirok etadi.

Bayram sanasi aniq boʻlishiga qaramay, uni nishonlashga tayyorgarlik iyul oyidanoq boshlanadi[2]. Har haftaning dam olish kunlari turli festivallar va konsertlar tashkil etiladi. Bayram kunidan bir hafta oldin parad repetisiyasi boʻlib oʻtadi[3].

Bayramning asosiy voqeligi anʼanaviy yirik harbiy paraddir. Har yili paradning oʻz mavzusi tanlanadi[2].

Bundan tashqari, shu kuni Singapurda avtokoʻrgazma boʻlib oʻtadi. 15 daqiqa davom etadigan kechki mushakbozlik bayramning eng kutilgan voqeasi hisoblanadi. Mushaklar 9 ta quroldan otilgani bois, shahar olov dengiziga gʻarq boʻlayotgandek tasavvur uygʻotadi.

Manbalar

tahrir
  1. „Den nezavisimosti (Singapur), Kalendar prazdnikov“. 2015-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-may.
  2. 2,0 2,1 „VIPUЩYeNI MONYeTI V ChYeST 47 GODOVЩINI NYeZAVISIMOSTI SINGAPURA“. 4-iyun 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-may 2022-yil.
  3. Den nezavisimosti v Singapure

Yana qarang

tahrir