Istiqlol
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
![]() |
Ushbu maqolaning betarafligi shubha ostidadir. Batafsilroq maʼlumot uchun maqola munozarasini koʻring. |
Ushbu maqolani Mustaqillik bilan birlashtirish taklif etiladi. |
Istiqlol (arabchadan „ozodlik“, „mustaqillik“, „erkin boʻlish“) — inson, millat, davlatning erkin rivojlana olish imkoniyatini ifodalovchi tushuncha. „Istiqlol“ soʻzi „mustaqillik“ soʻziningoʻzagi hisoblanadi va unga nisbatan bir-lamchi asos vazifasini oʻtaydi. Arab tilidan kirib kelgan bu soʻzlar asrlar davomida qoʻllanib, oʻzbek xalqi tafakkuriga singib ketgan. Mustaqillikka erishish istiqlolning toʻla maʼnoda vokelikka aylangani, yaʼni boshqalarga tobe boʻlmay, oʻz erki bilan yashash, oʻzini-oʻzi boshqarish va oʻz taqdirini oʻzi belgilash kabi tamoyillarning toʻla amalga oshganini bildiradi. Istiqlol, asosan, siyosiy jihatdan erkin boʻlishni anglatadi, mustaqillik — barcha sohalarda toʻla ozodlikka erishilgani, ixtiyori oʻzida ekanini ifodalaydi.
Oʻzbekiston 1991-yil 31-avgustda oʻz mustaqilligini eʼlon qildi va rivojlanishning oʻziga xos yoʻlidan borib, huquqiy demokratik davlat barpo etmoqda. Sobiq mustabid tuzum davrida muomaladan chetlatib qoʻyilgan „Istiqlol“ va „mustaqillik“ soʻzlari bugungi kunda tilimizda keng qoʻllanib, maʼnaviyatimizdagi asosiy tushunchalardan biriga aylandi[1].
ManbalarTahrirlash
AdabiyotlarTahrirlash
- Karimov istiqlol, Oʻzbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura, 1-j., T., 1996.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |