Sista (yun. — pufak) — koʻpchilik bir hujayrali organizmlarning vaqtinchalik yashash shakli; muhofaza qobigʻi. Bir qujayrali hayvonlar (ayrim xivchinlilar, soxta oyoqlilar, sporalilar, infuzoriyalar)da tinim davri va koʻpayish S.si boʻladi. Tinim davri S.si noqulay sharoit (qurgʻoqchilik, sovuq)da hosil boʻladi. Parazit bir hujayralilar S.si ularni tashqi muhit orqali bir organizmdan ikkinchisiga oʻtishini taʼminlaydi. Bunday S. bir necha yil saqlanib krladi. Koʻpayish S.si qisqa vaqt davomida hosil boʻladi; bu vaqt davomida sista ichidagi organizm boʻlinib, bir necha organizmni hosil qiladi.

Oʻsimliklar va zamburugʻlarda S. koʻpchilik bir hujayrali suvoʻtlar (peridinen xrizomonadlar, evglenalar va boshqalar)da hamda xitridiyevsimon zamburugʻlarda bor. S. hujayra devori qalinlashuvi natijasida, koʻpincha ob-havo yomonlashganda hosil boʻladi. Qulay sharoit boʻlishi bilan sista pusti yorilib, organizm oʻsa boshlaydi.

Bakteriyalarda S. grammanfiy bakteriyalar (azotobakter, spiroxetalar va boshqalar)ning anabiotik davrga utishi bilan bogʻliq. Bakteriyalar S.sining hujayra devori kalinlashgan; radiatsiya va qurgʻoqchilikka chidamli. "S." termini mikrobakteriyalar mevali tanasi maxsus qismi — miksosporalar toʻplamiga nisbatan ham qoʻllanadi (yana qarang Bakteriyalar, Bir hujayralilar).