Bir hujayralilar — tanasi bitta hujayradan iborat organizmlar. Prokariotlar va eukariotlarga boʻlinadi. Prokariotlar (bakteriyalar, viruslar va koʻkyashil suv oʻtlari, yaʼni sianobakteriyalar)da yadrosi boʻlmaydi. Eukariotlar (bir hujayrali yashil va boshqa suv utlari, bir hujayrali hayvonlar) esa mitotik usulda boʻlinadigan hujayra yadrosiga ega. Bir hujayrali eukariotlar tuzilishi va organoidlar majmui jihatidan koʻp hujayrali organizmlarning hujayralariga oʻxshaydi. Lekin, fiziologik jihatdan bir butun organizm boʻlishi, yaʼni koʻp hujayrali organizmlar bajaradigan barcha funksiyalarga ega boʻlishi bilan farq qiladi. Bir hujayralilar orasida sodda tuzilgan (xlorellalar, amyobalar) bilan bir qatorda juda murakkab tuzilganlari (atsetabulyarilar, infuzoriyalar) ham bor. Koʻpchilik Bir hujayralilar koloniya hosil qiladi. Bir hujayralilar dan koʻp xujayrali organizmlar kelib chiqqan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil