Xlorella (Chlorella) — bir hujayrali xlorokokk suvoʻtlar urugʻi. Hujayrasi sharsimon, 15 mkm, qobigʻi silliq, 4—8 (baʼzan 16) tagacha avtosporalar hosil kilish orqali jinssiz koʻpayadi. 20 ga yaqin turi, jumladan, Oʻzbekistonda bir necha turi tarkalgan. Chuchuk va dengiz suvlarida, nam tuprokda uchraydi; lishayniklar va suvda yashovchi organizmlar tanasida simbioz yashaydi. Oqar suvlarni biologik tozalashda, yopiq ekosistemalar (mas, kosmik kemalar, suv osti kemalari)da havoni qayta tozalashda va fotosintez jarayonlarini oʻrganishda keng miqyosda foydalaniladi. Xlorella juda tez ko'payadi. Bir kecha-kunduz yashagan har bir yosh hujayra ham bo'lina boshlaydi. Kuz kelishi bilan xlorella qalin, zich qobiqqa o'ralib, sporaga aylanadi va shu holda qishlaydi. Bahor kelib, qulay sharoit tug'ilgach, spora shaklida qishlagan hujayraning oddiy bo'linishi natijasida bir necha xlorella hosil bo'ladi. Ular hujayra qobig'ini yorib chiqadi va mustaqil hayot kechira boshlaydi.

  1. aura
Xlorella (Chlorella)