Siydik ajratish, siyish, diurez— qovuq toʻlganda vaqtvaqti bilan uni boʻshatib turishdan iborat murakkab fiziologik jarayon; qovuq muskulining qisqarishi va sfinkterining boʻshashi tufayli roʻy beradi. Qovuq toʻlganda mexanoretseptorlar taʼsirotni nerv impulyelari orqali markaziy nerv sistemasiga yetkazadi va shu onda kishini siygisi qistaydi. Siydik ajratishni boshqarish markazi orqa miyaning beldumgʻaza qismida joylashgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil