Siydik chiqarish kanali
Siydik chiqarish kanali (uretra) — odam, umurtqali hayvonlar va baʼzi umurtqasizlarda qovuqdan tashqariga siydik chiqadigan yoʻlning uchki qismi. Nay shaklida, devori ichki (shilliq) parda, muskulli va biriktiruvchi toʻqimali qavatlardan iborat. Ayollar Siydik chiqarish kanali (uzunligi 4-5 sm) qovuq tubidagi teshikdan boshlanib, tashqi teshigi qin daxliziga klitordan bir oz pastroqda ochiladi. Erkaklar Siydik chiqarish kanalik. (uzunligi 20 sm gacha) qovuqdan ichki teshik bilan boshlanadi, prostata bezining ichidan oʻtib, siydik-tanosil diafragmasini teshib chikadi va erkaklik olati gʻovak tanasining ichida yoʻnalib, olat boshchasida ochiladi. Siydik chiqarish kanalining qovuqdan boshlanadigan qismi muskulli halqa bilan oʻralgan[1]. Prostata bezi va siydikda qon aylanmaydi
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |