Siydik yoʻli, ureter - siydikni buyrak jomidan qovuqqa oʻtkazuvchi juft naysimon organ. Qorin boʻshligʻining orqa devorida, umurtqa pogʻonasining ikki tomoni boʻylab joylashgan. Uzunligi 25—30 sm, diametri 1,5– 13 mm. Tashqi devori biriktiruvchi toʻqimali, oʻrtasi silliq muskulli va ichkisi shilliq parda qavatdan iborat. Silliq muskullar siydikning qovuqqa oʻtishida qatnashadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil