Siyom — ilk oʻrta asrlarda Kesh viloyatidagi mustahkam togʻ qalʼasi. 8-asrning 2-yarmida Muqanna shu yerdan turib qoʻzgʻolonga boshchilik qilgan. Narshaxiynint yozishicha, "Som togʻi tepasida gʻoyatda mustahkam bir hisor boʻlib, unda oqar suv, daraxtlar va ekin yerlar bor edi. Bu hisor ichida undan ham mustahkamroq yana bir hisor bor edi. Muqanna uni tuzatishga buyurdi va uni tuzatdilar. Muqanna u yerga koʻp mol va behisob oziq-ovqat yigʻdi. Soqchilar tayinladi". Arablar S.ni qamal qilgan paytda qalʼadan 30 ming kishi chiqib kelgan va yana 2 ming kishi ichkarida qolgan. Ichkari qalʼaning bir darvozasi boʻlib, atrofi xandaq bilan oʻralgan. Unda Muqanna xotinlari va bolalari bilan yashagan. tarixchi Ibn Shixnaning yozishicha S.ni Muqannaning oʻzi qurdirgan. tarixchi Sh.Kamoliddinovning fikri-cha, S. qalʼasi Sanggardak daryosi vodiysida, Shahrisabzdan sharqdagi Maydonak degan joyda boʻlgan. 2 ming metr balandlikdagi togʻ tepasida 7— 9-asrlarga oid ulkan qalʼa xarobalari aniqlangan.[1]

Manbalar tahrir

  1. Kamaliddinov Sh.S., Istoricheskaya geofafiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazmchnix istochnikam IX — iachala XIII vv., T., 1996.