Sky Brown
Sky Brown (スカイ・ブラウン, Sukai Buraun, 2008-yil 7-iyulda tugʻilgan)[1][2]. Kelib chiqishi yaponiyalik britan professional skeytbordchi va syorfingchi. Musobaqalarda Buyuk Britaniya nomidan ishtirok etadi. U dunyodagi eng yosh professional skeytbordchi, shuningdek, Amerikaning Dancing with the Stars: Juniors telekoʻrsatuvida gʻolib chiqdi. U 2020-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Buyuk Britaniya nomidan qatnashdi va u yerda parkdagi musobaqada bronza medalini qoʻlga kiritdi. Bu orqali u mamlakatdagi eng yosh medal sohibiga aylandi. U 2023-yilgi skeytbording boʻyicha jahon chempionatida parkdagi musobaqada gʻolib boʻldi[3].
Sky Brown | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | ayol |
Tavallud paytidagi ismi | Sukai Buraun |
Tavallud sanasi | 7-iyul 2008-yil |
Faoliyat yillari | 2016 – hozirgacha |
Sport | |
Qaysi sport | Skeytbording |
Medal soni | ||
---|---|---|
Skeytbording | ||
Birlashgan Qirollik vakili | ||
Olimpiada oʻyinlari | ||
Bronza | 2020 Tokyo | Park |
Jahon chempionati | ||
Oltin | 2023 Sharjah | Park |
Bronza | 2019 São Paulo | Park |
X games | ||
Oltin | 2021 California | Park |
Oltin | 2022 California] | Park |
Dew Tour | ||
Oltin | 2021 Des Moines | Park |
Kumush | 2022 Des Moines | Park |
Tarjimai holi
tahrirSky Brown Yaponiyaning Miyazaki shahrida tugʻilgan. U Ocean Brownning opasi. Uning onasi Mieko, yapon; otasi Stuart[4] esa britaniyalik[5][6][7]. Uning ismi kana tilida スカイ (Sukai) deb kanji tilida esa 澄海 (Sukai) deb yoziladi. Noanʼanaviy yapon nomlari uchun oddiy hol boʻlganidek, uning familiyasi faqat kana yozuvida yozilgan[8][9].
Uning otasi Yaponiyaga koʻchib oʻtishdan oldin bir necha yil AQShda yashagan[10]. Braun Miyazakida yashaydi[10]. Uning oilasi skeytbordchilar va uning maktabgacha taʼlim muassasasida skeyt parki bor edi[11]. Uning uyi yaqinida bironta ham skeytbord uchish maydonlari yoq bir paytda[9] uning uyida skeyt uchish maydoni bor,[12]. Braun skeytbordingdan tashqari serfingga ham qiziqadi[6][12][13].
Faoliyati
tahrirBrownning skeytbord boʻyicha murabbiyi yoʻq, tryuklarni YouTubedan oʻrgangan[10]. U baʼzan snoubord boʻyicha Olimpiya medallarini qoʻlga kiritgan Shaun White bilan mashq qiladi[10]. Brownga Nike homiylik qiladi va u Nike homiylik qilgan eng yosh sportchidir[14]. U Nike kampaniyasida Serena Williams va Simone Biles bilan birga keltirib oʻtilgan[6]. Uni, shuningdek, Almost Skateboards va Skateistan kompaniyalari ham qoʻllab-quvvatlaydi[11].
2016-yilda, 8 yoshida Brown Vans US Open turnirida qatnashib, ushbu tadbirda qatnashgan eng yosh odamga aylandi[5]. 2017-yilda u Osiyo qitʼa finalida ikkinchi oʻrinni egalladi[15]va u 2018-yilgi Vans Park seriyasining eng yaxshi 10 taligiga kirdi[15]. 2018-yilda, 10 yoshida Brown professional sportchiga aylandi va u dunyodagi eng yosh professional skeytbordchiga aylandi[11]. Oʻsha yili u AQShning Dancing with the Stars: Juniors telekoʻrsatuvida gʻolib chiqdi[5][11][12]. 2019-yil fevral oyida u Tallinda (Estoniya) Simple Session tadbirida gʻolib boʻldi[5][15].
2019-yilning mart oyida Brown Buyuk Britaniya uchun kurash olib borishini eʼlon qildi, avvalroq Yaponiya nomidan ishtirok etaman deb aytgan edi[15]. Brownning aytishicha, u Britaniya skeytbording assotsiatsiyasining sportchilarga yondashuvini yoqtiradi[11]. Oʻsha yili Brown skeytbording boʻyicha jahon chempionatida ham uchinchi oʻrinni egalladi[10] va X games reytingida 540 dan yuqoriroq oʻringa chiqqan birinchi ayol boʻldi[10]. U X Games skeytbording tadbirida beshinchi oʻrinni egalladi[8]. Brown 2020-yilda Braziliyada oʻtkazilgan skeytbord boʻyicha jahon chempionatida uchinchi oʻrinni egalladi[16].
Brown 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida skeytbording musobaqalarida qatnashish uchun roʻyhatdan oʻtgan besh britaniyalikdan biri boʻlgan, shu yili bu sport turi olimpiadaga birinchi marta kiritilgan edi[6][17]. 2020-yil 28-may kuni Kaliforniyada mashgʻulot oʻtayotganda u yarim quvurli rampadan qattiq yiqilib tushdi, natijada uning bosh suyagi bir nechta joydan singan, chap bilak va qoʻli singan. U kasalxonaga yotqizilgan va shifokorlar tomonidan musobaqada qatnashishga ruhsat berilmagan. Keyinchalik uning otasi u tirik qolgani uchun omadli ekanligini aytdi, Brownning oʻzi esa bu uning eng yomon yiqilishi boʻlganini taʼkidladi. Shunga qaramay, u Tokio Olimpiadasida oltin medal uchun kurash olib borishga qatʼiy qaror qildi[18]. 2021-yil aprel oyida Braun kechiktirilgan 2020-yilgi Olimpiadada syorfing boʻyicha ham qatnashish niyatida ekanligini aytdi[19].
2021-yil iyun oyida Brown 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida skeytbording boʻyicha Buyuk Britaniya vakili sifatida tanlandi[20]. Brown 13 yoshida 1928-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida 200 metrga brass usulida suzish musobaqasida qatnashgan Margeri Xintonni ortda qoldirib, 13 yoshida eng yosh britaniyalik yozgi olimpiyachi boʻldi[21]. Brown oʻyinlardagi eng yosh raqib emas edi: suriyalik stol tennischisi Xend Zaza va yaponiyalik skeytbordchi Kokona Hiraki undan ham yoshroq qatnashchilar edi[22][23].
2021-yil iyul oyida u X Games ayollar skeytbord parki boʻyicha oltin medalini qoʻlga kiritdi[24][25] .
Brown 2020-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarida ayollar parkida skeytbording boʻyicha bronza medalini qoʻlga kiritdi va 13 yoshu 28 kunligida Buyuk Britaniyaning eng yosh medal sovrindori boʻldi[26]. U tadbirdagi dastlabki ikkita urinishda yiqilib tushdi va oxirgi urinishida 56,47 ball oldi. Brown oʻyinlarda eng yosh medal sohibi emas edi, chunki xuddi shu musobaqada yaponiyalik 12 yoshli Kokona Xiraki kumush medalni qoʻlga kiritdi[27] . Yil oxirida, Brownning baʼzi skeytbordlari Londondagi yangilangan Young V&A koʻrgazmasida namoyish etilishi eʼlon qilindi[28].
2022-yilda Brown oʻzining X Games unvonini saqlab qoldi, shuningdek, ketma-ket ikkinchi yil Dew Tour tadbirida gʻolib chiqdi[29]. U 2023-yilgi skeytbording boʻyicha jahon chempionatida parkdagi musobaqada gʻolib chiqdi[30] va shu tariqa skeytbording boʻyicha birinchi britaniyalik jahon chempioni boʻldi[31].
Yutuqlar
tahrir2021-yil 19-dekabrda Brown 2021-yilda BBC Young Sports Personality of the Year mukofotini qoʻlga kiritdi; u 2022-yilda yana qayta roʻyxatga kiritilgan[32][33]. 2022-yil aprel oyida u Laureus World Sports Awardsda 2021-yil uchun Comeback of the Year mukofotini qoʻlga kiritdi[34].
Filmografiya
tahrirYil | Nom | Role | Haqida |
---|---|---|---|
2022 | The Tiny Chef Show | Oʻzining | Epizod: „Snap Pea Stir Fry“ |
Manbalar
tahrir- ↑ Licata, Alexandra. „東京オリンピック出場に期待! 10歳の天才スケートボーダー、スカイ・ブラウンとは“ (ja). Business Insider (2019-yil 16-iyun). Qaraldi: 2020-yil 22-mart.
- ↑ Bull, Andy „Sky Brown, 13, becomes Britain's youngest Olympic medallist with skateboard bronze“ (en). The Guardian (2021-yil 4-avgust). — „At half-past 10 on Wednesday morning, Sky Brown, 13 years and 28 days old, tipped forward on her board and dropped into the scalded concrete bowl of the Olympic skate park.“. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
- ↑ „Sky Brown“. https://en.wikipedia.org.
- ↑ „Who are Sky Brown's parents? The life of Britain's youngest Olympian“ (2021-yil 22-iyul). 2021-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 „Sky Brown: The 10-year-old British skateboarder aiming to make history at Tokyo“. BBC Sport (2019-yil 14-mart). Qaraldi: 2020-yil 21-mart.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 6,3 „Sky Brown: Skateboarder, 10, chooses Great Britain Olympic team“. CNN (2019-yil 14-mart). Qaraldi: 2020-yil 21-mart.
- ↑ „Tokyo 2020: Meet the four park skateboarding teenage prodigies ready for action“ (en-US). Olympics.com (2021-yil 2-avgust). 2021-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-avgust.
- ↑ 8,0 8,1 „世界が注目、マルチなスーパー小学生“ (ja). Kyodo News (2019-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 22-mart.
- ↑ 9,0 9,1 „小学生が東京五輪目指す“ (ja). Mainichi Shimbun (2019-yil 4-avgust). Qaraldi: 2020-yil 22-mart.
- ↑ 10,0 10,1 10,2 10,3 10,4 10,5 Reynolds, Tom. „Sky Brown: Meet the 11-year-old girl set to become Britain's youngest summer Olympian“. BBC Sport (2020-yil 13-fevral). Qaraldi: 2020-yil 21-mart.
- ↑ 11,0 11,1 11,2 11,3 11,4 Licata, Alexandra. „Meet Sky Brown, the 10-year-old skateboarder on pace to shake up the 2020 Tokyo Olympics“. Business Insider (2019-yil 10-iyun). Qaraldi: 2020-yil 21-mart.
- ↑ 12,0 12,1 12,2 Williams, Rebecca. „Skateboarder, 11, hopes to become Britain's youngest ever summer Olympian“. Sky News (2020-yil 6-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 21-mart.
- ↑ McCombs, Dave; Katanuma, Marika. „Can This 10-Year-Old Girl Save the Olympics?“. Bloomberg News (2019-yil 5-iyun). Qaraldi: 2020-yil 21-mart.
- ↑ Edwards, Luke. „Sky Brown, 11-year-old skateboarder and would-be Olympian: 'I want to show girls all over the world what is possible by making it to Tokyo 2020'“. The Daily Telegraph (2019-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 21-mart.
- ↑ 15,0 15,1 15,2 15,3 Ingle, Sean. „Sky Brown: 10-year-old skateboarder set to compete for Team GB at Olympics“. The Guardian (2019-yil 13-mart). Qaraldi: 2019-yil 21-mart.
- ↑ Wilson, Sophie (11 March 2020). „7 Sportswomen To Follow On Instagram Ahead Of The 2020 Tokyo Olympics“. British Vogue. Qaraldi: 21 March 2020.
- ↑ Morse, Ben „Skateboarder Sky Brown, 11, hospitalized after horrific fall“. CNN (2020-yil 2-iyun). Qaraldi: 2020-yil 3-iyun.
- ↑ „Sky Brown: Skateboarder, 11, 'lucky to be alive' after horrific fall“. BBC Sport (2020-yil 2-iyun). Qaraldi: 2020-yil 2-iyun.
- ↑ „Olympics: Sky's the limit for British skateboard prodigy Brown“. Reuters (2021-yil 1-aprel). Qaraldi: 2021-yil 12-may.
- ↑ „Sky Brown: 12-year-old skateboarder picked for GB Olympic team“. bbc.co.uk (2021-yil 9-iyun). Qaraldi: 2021-yil 9-iyun.
- ↑ „Sky Brown set to become Britain's youngest summer Olympian“. ESPN (2021-yil 10-iyun). Qaraldi: 2021-yil 23-iyun.
- ↑ „Hend Zaza, 11-year-old Syrian table tennis player, qualifies for Olympics“. The Guardian (2020-yil 5-mart). Qaraldi: 2020-yil 21-mart.
- ↑ „Skateboarder Kokona Hiraki to become Japan's youngest Olympian“ (en-US). The Japan Times (2021-yil 25-may). 2021-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-avgust.
- ↑ „Sky Brown wins gold in Women's Skateboard Park“. X Games. 2022-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
- ↑ „Women's Skateboard Park Medal Table 2021 X Games“. X Games. 2022-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
- ↑ „GB's Brown, 13, wins skateboarding bronze“. BBC Sport. Qaraldi: 2021-yil 4-avgust.
- ↑ „Sky Brown: who is the Team GB skateboarder? Where is Sky Brown from and why is she competing for Great Britain?“. The Scotsman (2021-yil 4-avgust). Qaraldi: 2021-yil 7-sentyabr.
- ↑ „Olympic star Sky Brown's skateboard to be star attraction at £13m Young V&A museum for children“. i (2021-yil 29-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 14-oktyabr.
- ↑ „Skateboarder Sky Brown Reclaims Her Crown As Women's Park Queen At Dew Tour Des Moines 2022“. Forbes (2022-yil 30-iyul). Qaraldi: 2023-yil 14-fevral.
- ↑ „Skateboarding World Championships: Britain's Sky Brown wins park gold“. BBC Sport (2023-yil 12-fevral). Qaraldi: 2023-yil 13-fevral.
- ↑ Sinclair, Luke. „Sky Brown, 14, becomes the first British skateboarding world champion“ (en-GB). Herald.Wales (2023-yil 13-fevral). Qaraldi: 2023-yil 14-fevral.
- ↑ „Young Sports Personality 2022: Sky Brown, Jessica Gadirova & Andrea Spendolini-Sirieix on shortlist“. BBC Sport. Qaraldi: 2022-yil 23-dekabr.
- ↑ „Sports Personality 2021: Sky Brown named Young Sports Personality of the Year“. BBC Sport (2021-yil 19-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 20-dekabr.
- ↑ „Laureus World Sports Awards: Emma Raducanu, Sky Brown and Bethany Shriever all winners“. Sky Sports (2022-yil 25-aprel). Qaraldi: 2022-yil 25-aprel.