Slobodan Raykovich
Slobodan Raykovich (serbcha: Слободан Рајковић) — serbiyalik futbolchi, Vengriyaning MTK klubi himoyachisi. Raykovich Serbiya terma jamoasida oʻynagan.
Slobodan Raykovich ![]() | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
![]() | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Umumiy maʼlumotlari | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Taxallusi |
Rembo | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Tugʻilgan |
3-fevral 1989-yil (33 yosh) Federativ Respublikasi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Fuqaroligi |
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Boʻyi |
191 cm | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Vazni |
88 kg | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Pozitsiyasi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Klub haqida maʼlumot | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Klub | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Raqami |
3 | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
![]() |
Jamoalardagi faoliyati Tahrirlash
Slobodan Raykovich Belgrad „OFK“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 15 yoshida klubning asosiy jamoasida debyut uyushtirgan.
2005-yilning noyabr oyida "Chelsea" klubi 5 million yevro evaziga isteʼdodli himoyachini sotib oldi va bu paytda Slobodan oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan futbolchi uchun toʻlanadigan pul miqdori boʻyicha dunyo rekordi darajasidagi eng qimmat futbolchiga aylandi. Imzolangan shartnomaga koʻra, Slobodan yana bir mavsum „OFK“da qolishi kerak edi, lekin bu paytda yosh futbolchi allaqachon boshqa shartnomani imzolab boʻlgan edi.
2007-yilda Slobodan yana shartnoma imzoladi. Bu safar Gollandiyaning „PSV Eindhoven“ klubiga transferni amalga oshirdi. Raykovichning debyuti 2007-yilning 19-avgustida Gollandiya chempionati doirasidagi „Herakles“ jamoasiga qarshi o‘yinda bo‘lib o‘tgan va „PSV“ jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan. Oʻyinda Slobodan 87-daqiqada Aruna Kone oʻrniga maydonga tushdi. Chempionatda Raykovich „PSV“ning asosiy tarkibida kamdan-kam maydonga tushdi, ammo Gollandiya chempioniga aylandi.
Tuzilgan shartnoma muddati tugagandan soʻng, Raykovich „Twente“ klubiga shartnoma asosida maydonga tushdi[1]."Twente" jamoasi uchun Slobodan chempionatdagi debyutini 2009-yil 17-fevral oyida „Vitess“ jamoasiga qarshi oʻtkazdi va bu oʻyinda „Twente“ jamoasining 2:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi[2]. Klubdagi debyut mavsumida Raykovich 13 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta golning sohibi boʻlgan[1]. Iyun oyi oʻrtalarida „Twente“ jamoasi Raykovichning shartnoma muddatini 2010-yilgacha uzaytirdi[3].
Soʻngra „Chelsea“ jamoasiga qaytganidan soʻng, Raykovich Angliyada ish boshlash va London klubida futbol oʻynash uchun ruxsat olishni uddasidan chiqolmadi.2011-yilning 24-avgust oyida Raykovichning „Gamburg“ jamoasiga oʻtishi „Chelsea“ning rasmiy saytida eʼlon qilindi va Shartnoma toʻrt yilga tuzilgan edi. Raykovich 2011-yilning yoz oyida „Stamford Bridge“ jamoasidan „Dinozavrlar“ safiga qoʻshilgan beshinchi futbolchi boʻldi. 2011-yil 30-oktabrda Germaniya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan „Kaiserslautern“ jamoasiga qarshi o‘yinda to‘pni teginish chizig‘ida ushlash va raqib jamoasi o‘yinchisini orqaga qaytarish maqsadida uning yuziga tirsagi bilan zarba yoʻllagan.Shundan soʻng u qizil kartochka bilan jazolandi[4]. Raykovich diskvalifikatsiya muddatini o‘tab bo‘lgach, maydonga qaytdi, biroq bir qator muvaffaqiyatsiz o‘yinlardan so‘ng u zaxiraga yuborildi.Qayd etish joizKI, uning mavsum davomidagi o‘yiniga muxlislar va mutaxassislar bir necha bor to‘sqinlik qilishgan.Avgust oyida „Ajax“ va „Latsio“ serbiyalik himoyachini sotib olishga qiziqish bildirayotgani haqida maʼlumot paydo boʻldi[5]. Yozgi transfer oynasi yopilishi arafasida Donetskning „Metallurg“ klubi „Gamburg“ga Raykovichni shartnomaga berish taklifi bilan murojaat qildi[6]. Ammo futbolchi shartnomadan charchaganini aytib, „Metallurg“ bilan shartnoma imzolashni rad etdi[7]. Raykovich oʻzining 2012-2013 yilgi mavsumdagi birinchi oʻyinini faqat yanvar oyida oʻtkazdi va „Borussia“ga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushdi, ammo „Verder“ jamoasi bilan ikkinchi oʻyinda jarohat oldi va mavsumning qolgan qismida safdan chiqdi[8]. 2014-yil iyun oyida „Hamburg“ Klubi Raykovich bilan shartnoma uzaytirilmasligini rasman eʼlon qildi.
Oʻsha yilning iyul oyida serbiyalik himoyachi Gretsiya „PAOK“ jamoasiga oʻtishi mumkinligi haqida maʼlumot paydo boʻldi, ammo transfer amalga oshmadi.Kuzda „Rubin“ jamoasining sobiq bosh murabbiysi Rinat Bilyaletdinov Raykovichni Qozon klubiga taklif qilishdan manfaatdor ekanligini aytgandi, ammo jamoa rahbariyati bu futbolchi jamoa uchun keraksiz ekanligini rasman taʼkidlagan edi[9]. 2015-yil 29-sentabrda esa Raykovich „Darmshtadt 98“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi[10][11].
2016-yilning yozida Raykovich „Palermo“ Klubi futbolchisiga aylandi, ammo shartnoma muddati va transfer summasi haqida xabar berilmadi[12]. 2018-2019-yilgi mavsum yakunlanganidan soʻng, „Palermo“ moliyaviy tartibsizliklar tufayli B seriyadan chetlashtirildi va havaskor D seriyasiga oʻtkazildi, biroq, Jamoadagi barcha futbolchilar, jumladan, Raykovich ham erkin agent maqomini olgan[13].
Jamoadagi faoliyati Tahrirlash
Slobodan Serbiyaning bir necha yoshdagi terma jamoalarida oʻynagan, Serbiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Raykovich Kot-d’Ivuar terma jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qilgan.
Oʻyin uslubi Tahrirlash
Raykovich kuchli himoyachi sanaladi. Odatda Raykovich „ikkinchi qavatda“ yaxshi oʻynash imkoniyatiga ega.
Yutuqlari Tahrirlash
- „PSV“ tarkibida
- Eredivizion chempioni: 2007/08
- „Tvente“ safida
- Eredivizion chempioni: 2009/10
Statistika Tahrirlash
Milliy jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar |
---|---|---|---|
Serbiya | 2008 | 2 | 0 |
2009 | 0 | 0 | |
2010 | 2 | 0 | |
2011 | 7 | 0 | |
2012 | 2 | 0 | |
2013 | 1 | 0 | |
2014 | 0 | 0 | |
2015 | 0 | 0 | |
2016 | 5 | 0 | |
Jami | 19 | 0 |
Eslatmalar Tahrirlash
- ↑ 1,0 1,1 „Rajkovic — season 2008/2009.“ (nl). «Voetbal International». 22-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ „FC Twente — Vitesse 2:1.“ (nl). «Voetbal International». 22-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ „FC Twente huurt Rajkovic opnieuw.“ (nl). FC Twente. 22-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ „«Гамбург» объявил об уходе Райковича“. 30-sentyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-sentyabr 2015-yil.
- ↑ „«Челси» борется за Слободана Райковича Райкович“. 3-sentyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-sentyabr 2014-yil.
- ↑ „выбыл до конца сезона“. 5-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-dekabr 2019-yil.
- ↑ „«Лацио» и «Аякс» претендуют на Райковича“. 11-avgust 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-avgust 2012-yil.
- ↑ „Райкович отказал донецкому Металлургу“. 4-sentyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-dekabr 2012-yil.
- ↑ „Lilien verstärken sich mit Slobodan Rajkovic“. 10-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-aprel 2022-yil.
- ↑ „Райкович близок к переходу в ПАОК“. 11-iyun 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-iyun 2015-yil.
- ↑ „Р. Билялетдинов: я хотел остаться в «Рубине», но…“. 8-sentyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-sentyabr 2015-yil.
- ↑ „Official: Palermo out of Serie B“ (en). Football Italia (12-iyul 2019-yil). 19-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-iyul 2019-yil.
- ↑ „Бывший защитник «Челси» Райкович присоединился к «Палермо»“. 30-iyul 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-iyul 2016-yil.