Snayper, [1] 2019-yilda Ruslan Mirzayev tomonidan ishlangan Oʻzbek drama filmi. Filmda gʻoya mualliflari produser Ruslan Mirzayev va rejissor Ozod Shams hisoblanadi.[2]

Snayper
Rejissor Ozod Shams
Produser Ruslan Mirzayev
Ssenariy

Saida Vaxobova

Feruza Fattoxonova
Aktyorlar
Bastakor Farrux Sobirov
Kinematografiya Anvar Odilov
Ishlab chiqaruvchi kompaniyalar Shayxontohur
film
Premyera
  • 4-mart, 2019-yil(2019-03-04)

(O‘zbekiston)

Davomiyligi 102
Mamlakat Oʻzbekiston
Til Oʻzbek

AktyorlarTahrirlash

Aktyor Rol
Ulugʻbek Qodirov Yunusbek Kabirov
Bonu Nur Nargiza Vohidova
Matyoqub Matchonov General
Bekzod Mukhammadkarimov Mayor
Mansur Mirzo Terrorchi
Saida Rametova Nargizani onasi
Dogukan Erdem Kutlu Al Adi

Filmning sujetiTahrirlash

Film hozirgi kunda jahondagi eng dolzarb muammolardan biri boʻlgan va koʻplab begunoh insonlarning hayotiga zomin boʻlayotgan terrorchilik harakati aʻzolaridan biri Yunus Kabirovni toʻgʻri yoʻlga qaytib, tinch yashash maqsadida Oʻzbekistonga qaytishi bilan boshlanadi. Yunus Kabirov Ona Vatanida Nargiza ismli qizga koʻngil qoʻyib, unga uylanib, oila qurib tinch va baxtli hayot kechira boshlaydi. Ammo, uning daxshatli oʻtmishi uni bugungi baxtli hayotiga ham soya soladi. Yunusning marhum otasi portlovchi uskunalar yasashda juda mohir boʻlib, Terrorchilik harakati boshligʻi Al-Adi bilan aka-uka tutingan va Yunusni otasining ishini davom ettirishi uchun ham kimyogarlikka oʻqitib, portlovchi uskunalar yasovchi yetuk mutahassis qilib tayyorlagan edi. Yunus tayyorlagan portlovchi uskunani faqat uning oʻzigina toʻxtata olar edi. Shuning uchun ham Al-Adi unga muhim topshiriq berish uchun uni yerining tagidan boʻlsa ham topishga urina boshlaydi. Bu yoqda Yunusning rafiqasi Nargiza ham aslida Snayperchi boʻlib, buni undan sir tutgan edi. Chunki, u hamma uchun oʻz kasbi mahfiy holda qolishini istar edi. Ammo, oʻzi ma’sul kasbda ishlab turib ham Nargiza Yunusning o’tmishidan bexabar edi. Chunki, Yunus oʻtmishini unutish uchun, uni juda ustalik bilan yashira olgandi. Al-Adining Yunusni oʻz yoniga qaytarishga urinishlari natijasida, uning daxshatli o’tmishi Nargizaga oshkor bo'ladi. Oʻz navbatida Yunus ham, Nargizani oʻzi oʻylagandek oddiygina qiz emas, aslida Snayperchi ekanligidan xabar topadi. Al-Adining odamlari tomonidan garovga olingan Yunus oxirgi marta rafiqasi Nargiza bilan hayrlashish uchun oʻz uyiga keladi. Agar oʻz vaqtida qaytmasa, katta fojiya sodir boʻlishi mumkin. Lekin, qanday fojiya? U endi rafiqasi Nargizaning koʻzlariga tik qaray oladimi? Nargizachi? Jinoyatchilarga nisbatan beshavqat boʻlgan Snayperchi ayol o'z umr yoʻldoshini sobiq terrorchi ekanligini, u yasagan portlovchi uskunalari orqali koʻplab insonlarning umriga zomin boʻlganligini qanday qabul qila oladi? Yunusni oldinda nimalar kutmoqda? Snayperchi Nargizani-chi? Bir juftlik, bir oila timsolida dunyodagi eng dolzarb muammo aks etgan filim “Snayper”

ManbalarTahrirlash

HavolalarTahrirlash

Snayper IMDbda

  1. 'SNAYPER' FILMI?. Daryo.uz (2019).[sayt ishlamaydi]