Glyukuron kislota
(Sno 4 Soondan yoʻnaltirildi)
Glyukuron kislota (glyukoza va yun. uron — siydik), SNO(SNON)4 SOON — uron kislotalardan biri. Hayvon va oʻsimlik organizmlarida glyukozaning birlamchi spirt guruhi oksidlanishidan hosil boʻladigan optik faol kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 167—172°. Suvda, ishqor va karbonatlar eritmasida yaxshi, boshqa koʻpgina erituvchilarda yomon eriydi. Aksari mukopolisaharidlar, saponinlar, har xil oʻsimlik yelimlari va bakterial polisaharidlarning tarkibiga kiradi, oʻsimliklar bargida, qand lavlagida va b.da uchraydi. G.k. polisaharidlarni gidroliz qilib, sintetik usulda esa glyukoza hosilalarini oksidlab, qand kislotaning birlamchi laktonlarini kaytarib olinadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil