Snovsk (ukraincha: Сновськ [snɔu̯sʲk]) — Ukrainaning Chernigov viloyati Koryukovka tumanidagi shahar hisoblanadi. Aholisi: 10,825 kishini tashkel etadi. Unda Ukrainaning aholi punkitlaridan biri boʻlgan Snovsk urban aholi punkiti maʼmuriyati joylashgan[1]. Aholisi 2001 yilda 12315 kishi boʻlgan.

Snovsk
51°49′10.6″N 31°56′40.4″E / 51.819611°N 31.944556°E / 51.819611; 31.944556
Mamlakat Ukraina
Snovsk xaritada

Shahar oʻzi joylashgan Snov daryosi sharafiga nomlangan. Shahar 1935-yildan 2016-yilgacha Nikolay Shchors sharafiga Shchors deb nomlangan. 2016-yil 21-mayda Oliy Rada kommunistik nomlarni taqiqlovchi qonunga muvofiq Shchorsni Snovsk, Shchors tumanini Snovsk tumani deb o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qildi[2].

Ikkinchi jahon urushi arafasida aholining taxminan 16% yahudiylar (1402 yahudiy) edi. Nemislar 1941-yil 3-sentabrda shaharni egallab olishdi. Ular yahudiy mahbuslarni gettoda ushlab turishgan va ularni turli xil majburiy mehnatga majburlaganlar. 1941-yil hamda 1942-yillarda ularning yuzlablari yaqin atrofdagi oʻrmonda Eynsatzgruppen tomonidan sodir etilgan ommaviy qatllarda oʻldirilgan[3].

2020-yil 18-iyulgacha Snovsk Snovsk tumanining maʼmuriy markazi boʻlgan (2016-yilgacha Shchors tumani). Ukrainaning maʼmuriy islohoti doirasida 2020-yil iyul oyida ushbu tuman tugatildi, bu esa Chernigov viloyatining tumanlari sonini beshtaga qisqartirdi. Snovsk tumani hududi Koryukovka tumaniga birlashtirildi.[4][5]

Manbalar

tahrir
  1. „Сновская городская громада“ (Russian). Портал об'єднаних громад України.
  2. „Про перейменування деяких населених пунктів“ (Ukrainian). Holos Ukrainy (2016-yil 21-may). Qaraldi: 2020-yil 23-dekabr.
  3. „Yahad - in Unum“.
  4. „Про утворення та ліквідацію районів. Постанова Верховної Ради України № 807-ІХ.“ (uk). Голос України (2020-yil 18-iyul). Qaraldi: 2020-yil 3-oktyabr.
  5. „Нові райони: карти + склад“ (Ukrainian). Міністерство розвитку громад та територій України (2020-yil 17-iyul).

Havolalar

tahrir