Soʻz latofati
„Soʻz latofati“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub nasriy asarlar toʻplami. Ilk bor 2014-yil Toshkent shahrida Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining „Oʻzbekiston“ nashriyotida chop etilgan. 2018-yil ayni nashriyotda kitobning toʻldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashri chop etilgan. Toʻplamga shoir oʻzbek tili mavzusida turli yillar davomida yozgan maqolalar va risolalar kiritilgan. Xususan, toʻplamdan Vohidov oʻzbek tili grammatikasidagi qiyinchiliklar haqida yozgan oʻylari oʻrin olgan.[1]
Muallif(lar) | Erkin Vohidov |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | maqolalar va risolalar |
Nashriyot | „Oʻzbekiston“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2014 |
Ikkinchi nashrni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Omonulla Madayev – masʼul muharrir, A. Boboniyozov – muharrir, B. Zufarov – rassom, X. Qutluqov – badiiy muharrir, L. Xijova – texnik muharrir, G. Yeraliyeva – kichik muharrir, M. Ishonxonova – musahhih, F. Botirova – kompyuterda tayyorlovchi. Kitob adadi – 5 000 nusxa.
Manbalar
tahrir- ↑ „Erkin Vohidov: Oʻzbek tili tilshunoslarning tomorqasi emas!“. Ozodlik radiosi (2014-yil 21-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 24-dekabr.