Sobirjon Oxunjonov
Sobirjon Oxunjonov (10-oktabr 1919, Toshkent — 13-aprel 2012, Toshkent) — general-leytenant (1973). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1982). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi (1989). 1938-yildan armiya safida. Harbiy piyodalar bilim yurtini (1940), harbiy akademiyani (1955), Fargʻona pedagogika institutini (1966) tugatgan. Ikkinchi jahon urushi davrida Stalingrad, Jan.-Gʻarbiy, 1-Ukraina frontlarida xizmat qilgan. 1946—64 yillarda Turkiston harbiy okrugida turli lavozimlarda ishlagan. Fargʻona viloyati harbiy komissari (1964—67), Oʻzbekiston harbiy komissarining oʻrinbosari (1967—71). Oʻzbekiston grajdan mudofaasi boshligʻi oʻrinbosari, shtab boshligʻi (1971—86). Toshkent shahri urush va mehnat faxriylari kengashi raisi (1987—91). Oʻzbekiston Respublikasi urush va mexnat faxriylari kengashi raisi oʻrinbosari (1991—97).[1]
Sobir Sobirovich Oxunjonov | ||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Tugʻilishi |
10-oktabr 1919-yil | |||||||||||||||||||||||||
Vafoti |
13-aprel 2012-yil (92 yoshda) Toshkent | |||||||||||||||||||||||||
Mukofotlari |
|
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |