Sofyan Xanni (talaffuzi: Sofyan Xanni) — jazoirlik va fransuz futbolchisi, „Al-Garafa“ klubi va Jazoir terma jamoasi yarim himoyachisi.

Sofiane Hanni Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Tugʻilgan 29-dekab 1990-yil(1990-12-29) (31 yosh)
  • Ivry-sur-Seine
Fuqaroligi Flag Aljira Jazoir

Flag Fransii Fransiya
Boʻyi 178 sm
Vazni 71 kg
Pozitsiyasi yarim himoyachi
Klub Flag Katara Al-Garafa
Raqami 94
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Biografiyasi tahrir

Sofyan Xanni Fransiyada jazoirlik immigrant ota-onasida tugʻilgan. U Sedrik Bakambu bilan birga Parijning Vitri-syur- Seyn chekkasida oʻsgan. Bakambu bilan ular bir xil mahalliy jamoada shugʻullanishgan.

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Sofyan Xanni „Ivry“, „Boulogne-Billancourt“ va „Nantes“ klublari bitiruvchisi[1]. 2009-yil 1-dekabrda „Sedan“ga qarshi oʻyinda ikkinchi boʻlimda Uilyam Vankerni almashtirib, Liga 2da debyut qildi, ammo Sofyan Xanni tarkibda mustahkam oʻrin olmagan.

2011-yilning yozida ular bilan shartnomasi yakuniga yetdi va Sofyan Xanni erkin agent sifatida Turkiyaning „Kayseri Erciyesspor“ klubiga oʻtdi. 10- sentabr kuni „Bucaspor“ga qarshi oʻyinda u Turkiya birinchi ligasida debyut qildi[2]. 25-sentabr kuni „Kartalspor“ jamoasiga qarshi kechgan duelda Sofyan Xanni „dubl“ga erishdi va „Kayseri Erciyesspor“ safida ilk gollarini urdi[3]. Debyut mavsumida Sofyan Xanni 11 ta gol urdi va jamoaning eng yaxshi toʻpurariga aylandi. 2013-yilda u klubning elitaga chiqishiga yordam berdi.

2014-yilning yozida Sofyan Xanni Belgiyaning „Mechelen“ jamoasiga oʻtdi. 27-iyul kuni „Genk“ga qarshi oʻyinda Jupile ligasida debyut qildi[4]. Oʻsha oʻyinda u Mechelen uchun birinchi golini urdi. 2016-yilda u Belgiya chempionatida arab millatiga mansub eng yaxshi futbolchi va afrikalik eng yaxshi futbolchi, shuningdek, Belgiya qirollik futbol assotsiatsiyasiga koʻra yilning eng yaxshi futbolchisi unvonlarini oldi.

Jamoalardagi karyerasi tahrir

Sofyan Xanni Fransiyaning yoshlar terma jamoalarida oʻynagan. 2016- yilda u oʻzining tarixiy vatani Jazoirda oʻynash taklifini oldi. 26-mart kuni Efiopiyaga qarshi Afrika Millatlar Kubogi-2017 saralashida u Jazoir terma jamoasi safida debyut qildi. 7- yanvar kuni Mavritaniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Sofyan Xanni terma jamoadagi ilk golini urdi[5].

Statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Milliy kubog Yevropa kubogi Boshqa Jami
Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar
Nantes 2009-2010 1 0 0 0 1 0
2010-2011 3 0 0 0 3 0
Jami 4 0 0 0 4 0
Kayseri Erciyesspor 2011-2012 32 11 0 0 32 11
2012-2013 32 4 2 0 34 4
Jami 64 15 2 0 66 15
Ankaraspor 2013-2014 33 8 1 0 34 8
KV Mechelen 2014-2015 39 10 4 0 43 10
2015-2016 35 17 3 0 38 17
Jami 74 27 7 0 81 27
Anderlecht 2016-2017 38 10 2 0 15 3 55 13
2017-2018 23 8 1 0 6 1 1 1 31 10
Jami 61 18 3 0 21 4 1 1 86 23
Spartak Moscow 2017-2018 7 2 2 0 2 0 11 2
2018-2019 7 0 2 1 2 0 11 1
Jami 14 2 4 1 4 0 22 3
Umumiy karyerasi 250 70 17 1 25 4 1 1 293 77

Yutuqlari tahrir

Jamoaviy yutuqlari

„Anderlecht“
  • Belgiya chempioni: 2016-2017
  • Belgiya Superkubogi sohibi: 2017-yil
„Spartak“
  • Rossiya chempionatining bronza medali sovrindori: 2017-2018

Shaxsiy yutuqlari

  • Eng yaxshi afrikalik futbolchi Belgiya chempionati 2015-2016
  • Belgiya Qirollik Futbol Assotsiatsiyasining 2015-2016 yilgi eng yaxshi futbolchisi

Manbalar tahrir

  1. „Седан VS. Нант 3:0“ (en). soccerway.com (2009-yil 1-dekabr). 2017-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-iyul.
  2. „Буджаспор VS. Кайсери Эрджиесспор 1:1“ (en). soccerway.com (2011-yil 10-sentyabr). 2017-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-iyul.
  3. „Карталспор VS. Кайсери Эрджиесспор 1:2“ (en). soccerway.com (2011-yil 25-sentyabr). 2017-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-iyul.
  4. „Мехелен VS. Генк 3:1“ (en). soccerway.com (2014-yil 27-iyul). 2016-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-iyul.
  5. „Алжир VS. Мавритания 3:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 7-yanvar). 2017-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-iyun.