Sofiya Tarasova
Sofiya Mixaylovna Tarasova (ukraincha: Софія Михайлівна Тарасова; 2001-yil 31-mart, Kiyev) — ukrainalik qoʻshiqchi, Junior Eurovision Song Contest 2013 qoʻshiq tanlovida ikkinchi oʻrinni egallagan[1], New Wave Kids 2013 tanlovi[2] va Sanremo Junior 2015 tanlovi gʻolibi[3]. 2020-yildan boshlab SOFA taxallusi ostida konsert berib kelmoqda. VIA Gra guruhining sobiq solisti (2020—2022).
Sofiya Mixaylovna Tarasova | |
---|---|
Tavalludi |
31-mart 2001-yil |
Janrlar | pop, dens-pop, EDM |
Kasbi | qoʻshiqchi, aktrisa |
Faoliyat yillari | 2006-yildan hozirgacha |
Guruhlari | VIA Gra (2020—2022) |
Fuqaroligi | Ukraina |
Veb-sayt | sofiatarasova.com |
Hayoti
tahrir2001—2017: Karyerasining boshlanishi
tahrirSofiya Tarasova 2001-yil 31-martda Kiyevda tugʻilgan[4]. 2 yoshida R. Glier nomidagi Kiyev musiqa akademiyasining iqtidorli bolalar guruhiga qabul qilingan[5][6]. Sofiya oʻqishi davomida koʻplab Ukrainadagi tanlov va xalqaro musobaqalarda qatnashadi[6][7].
2012-yilda Sofiya The Voice Kids Ukraina televizion loyihasida ishtirok etadi. Qoʻshiqchi Tina Karol jamoasida boʻlgan[8]. Ammo Sofiya finalga chiqa olmaydi.
2013-yil avgust oyida u New Wave Kids 2013 festivalida gʻolib boʻladi[9][10][11]. Bungacha 4 yil ketma-ket tanlovda qatnashgan.
„Junior Eurovision 2013“ tanlovining Ukraina milliy saralash bosqichida gʻoliblikni toʻrtinchi urinishda qoʻlga kiritgan, bu unga 2013-yil 30-noyabrda Kiyevda boʻlib oʻtgan tanlovning finalida mamlakat nomidan qatnashish imkoniyatini berdi[12][13]. Junior Eurovision finalidan bir necha kun oldin Tarasova, jurnalistlar axborotiga koʻra, tomoq ogʻrigʻi bilan kasal boʻlib qoladi[14][15], bu esa uning chiqishiga taʼsir qiladi. Sofiya tanlovda maltalik Gaia Cauchiga yutqazib, 2-oʻrinni egallaydi[1].
2014-yilda „Deti Zemli“ qoʻshma xor tarkibida (xor oʻzida „Respublika KIDS“ maktab-studiyasi oʻquvchilari boʻlgan Open Kids guruhi va boshqa taniqli bolalardan tarkib topgan) „Mir bez voyni“ qoʻshigʻini yozadi[16][17].
2015-yilda Sofiya Italiyada boʻlib oʻtgan Sanremo Junior 2015 tanlovining Gran-prisini qoʻlga kiritadi[18]. Tarasovaga gʻalabani simfonik orkestr joʻrligida ijro etgan „Please, Donʼt Make Me Love You“ qoʻshigʻi olib keldi.
2017-yilda qoʻshiqchi britaniyalik prodyuser Saymon Fuller Now United loyihasiga Rossiya vakillaridan biri sifatida taklif qilinadi. Los-Anjelesda Boot Campning tayyorgarlik bosqichida bir hafta oʻtkazgandan soʻng, Sofiya loyihada ishtirok etishdan bosh tortgan. Shuningdek, 2017-yilda Sofiya Timur Miroshnichenko va SOE bilan birgalikda UA: Birinchi kanalida „Yangi yil nuri“ teleshousi boshlovchisi boʻladi.
Sofiya Dima Bilan („Ne, olchi“[19], „Kogda rastayet led“)[20], Timur Rodriges („Luchshe ne budet nokogda“)[21], Filipp Kirkorov („Radost moya“)[22], Ani Lorak („Oranjeviye sni“) [23], Nyusha („Voyu na lunu“)[24] bilan duet ijro etgan.
2018-yildan hozirgacha
tahrir2018-yilda Sankt-Peterburg davlat universitetiga oʻqishga kiradi. Oʻsha yili Sofiya „Golos-7“ rus telekoʻrsatuvining ishtirokchisi boʻlgan va saralash bosqichida Uitni Xyustonning „I’m Your Baby Tonight“ qoʻshigʻini ijro etgandi. Bosqichdan oʻtgan Tarasova Konstantin Meladze jamoasini tanlaydi. Ammo yarim finalda magʻlubiyatga uchragan.
Soʻngra SOFA taxallusi ostida chiqish qilishni boshladi va Mi stoim u vodi", „Kiev-Moskva“, „Xarizma“ singllarini chiqardi.
Yana „Ne obijay menya“ singli va „Oduvanchikov pole“ duet singlini va „Tvores“ EP albomini chiqargan.
6-noyabr kuni Tarasova Ukrainaning „VIA Gra“ estrada guruhiga qoʻshilganligi maʼlum boʻladi[25].
2023-yil 30-mart kuni Sofiya Tarasova oʻzining Instagram akkauntida Germaniyada yakkaxon karyerasini boshlaganini eʼlon qiladi[26][27].
Mukofotlari
tahrir- 2012
- The Voice Kids Ukraina ishtirokchisi
- 2013
- New Wave Kids tanlovida I oʻrinni egallagan
- „Junior Eurovision 2013“ tanlovida II oʻrinni egallagan
- 2015
- „Sanremo Junior 2015“ tanlovi gran-pri sohibi[28]
- „Buduщee natsii“ („Millat keljagi“)
- „Nadejda tisyacheletiya“ („Mingyillik umidi“)
Diskografiyasi
tahrirYakkaxon singllari
tahrirYil | Nomi |
---|---|
2012 | Jittєviy pazl |
2013 | We Are One |
Zmіniti vse | |
Bryunetki krashe | |
2014 | Ver mne |
2015 | Vosmoe chudo |
Neba dojdi | |
Sestra | |
2016 | Letet visoko |
Forever Young | |
Doshi | |
2018 | Leave Me Alone |
2019 | Mi stoim u vodi |
Kiyev — Moskva | |
2020 | Xarizma |
Ne obijay menya | |
Oduvanchikov pole (feat. MARUSHOVA) | |
2023 | Pochemu ya? (feat. Konstantin Meladze) |
Yakkaxon albomlari
tahrirYil | Nomi | Sana | Qoʻshiqlar |
---|---|---|---|
2020 | Tvores (EP) | 21 avgusta 2020 |
|
Videokliplari
tahrir- 2014 — Ver mne[29]
- 2014 — We Are One[29]
- 2014 — Zmіniti vse[30]
- 2016 — Letet visoko
- 2019 — Mi stoim u vodi
- 2019 — Kiyev — Moskva
- 2020 — Xarizma
- 2020 — Ne obijay menya
VIA Gra guruhi tarkibidagi singllari
tahrirYil | Nomi |
---|---|
2020 | Rikoshet |
2021 | Antigeysha 2021 |
Rodnikovaya voda | |
Maneken |
VIA Gra guruhi tarkibidagi videokliplari
tahrirQoʻshma loyihalar
tahrirYil | Nomi | Chartlar | |
---|---|---|---|
MDH[A] | |||
TopHit Weekly General [31] |
TopHit Weekly Audience Choice [31] | ||
2015 | „Mir bez voyni“
|
313 | 283 |
[A] Chartlar Rossiyadagi 200 ta radiostansiya, shuningdek, butun dunyo boʻylab 230 ta rus tilidagi radiostansiyalar (Ukraina, MDHning boshqa mamlakatlari, Boltiqboʻyi, Kipr, Isroil, Germaniya, AQSh va Kanadagi radiostansiyalar) maʼlumotlari asosida tuzilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Победительницей конкурса детское Евровидение-2013 стала 11-летняя Гайя Каучи из Мальты“ (ru). ТАСС (2013-yil 1-dekabr). 2020-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-noyabr.
- ↑ „Закрытие Детской "Новой волны-2013"“ (ru). Московский комсомолец (2013-yil 22-avgust). 2021-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-may.
- ↑ „Украинка София Тарасова завоевала гран-при конкурса Сан-Ремо“. Комсомольская правда в Украине (2015-yil 20-aprel). 2016-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-oktyabr.
- ↑ „София Тарасова из Украины заняла второе место на Детском Евровидении 2013“. ivona.bigmir.net (ДИДЖИТАЛ ВЕНЧЕЗ) (2013-yil 30-noyabr). 2017-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-dekabr.
- ↑ „София Тарасова – творческий путь победительницы “Детской Волны 2013““. Joinfo.com (2013-yil 21-avgust). 2013-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-dekabr.
- ↑ 6,0 6,1 „Украинка выиграла «Детскую Новую волну»“. «Факти» (2013-yil 20-avgust). 2014-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-dekabr.
- ↑ „Соня Тарасова «Когда я поняла, что победила, как сумасшедшая пробежала несколько кругов...“. Газета «ФАКТЫ и комментарии» (2013-yil 23-avgust). 2013-yil 24-noyabrda asl nusxadan [ arxivlangan]. Qaraldi: 2013-yil 4-dekabr.
- ↑ „Участница детских Новой волны и Евровидения У меня нет звездной болезни!“. KP.UA (2013-yil 15-sentyabr). 2014-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-dekabr.
- ↑ „Украинка София Тарасова победила в Крыму на «Детской Новой волне» (ФОТО)“. Ракурс (2013-yil 20-avgust). 2013-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 3-dekabr.
- ↑ „12-летняя украинка выиграла "Детскую Новую волну"“. Вести Севастополя — Независимая севастопольская информационно-аналитическая газета (2013-yil 23-avgust). 2013-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-dekabr.
- ↑ „Украинка — победительница «Детской Новой волны»“. Новости Украины и Крыма N 489 - ТЕЛЕМИР (2013-yil 30-avgust). 2014-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-dekabr.
- ↑ „Соня Тарасова «Когда я поняла, что победила, как сумасшедшая пробежала несколько кругов...“. Газета «ФАКТЫ и комментарии» (2013-yil 23-avgust). 2013-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-dekabr.
- ↑ „Участницей детского Евровидения от Украины станет победительница Новой волны (видео)“. «Факти» (2013-yil 4-sentyabr). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-dekabr.
- ↑ „Украинская участница детского Евровидения заболела ангиной накануне финала“. ТСН (2013-yil 27-noyabr). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-dekabr.
- ↑ „Победительница проекта Голос країни Анна Ходоровская собралась на Евровидение 2014“. РБК Украина (2013-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2013-yil 4-dekabr.
- ↑ „Дети всей Земли призывают к миру без войны“. В городе (2014-yil 10-dekabr). 2017-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-may.
- ↑ „«Katapulta Creative Team», «Республика Kids» и «Open Art Studio» презентовали видео «Мир без войны»“. Багнет (2015-yil 12-yanvar). 2020-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-may.
- ↑ Оксана Гончарук. „Украинка София Тарасова завоевала гран-при в Сан-Ремо“. Комсомольская правда в Украине (2015-yil 21-aprel). 2015-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 23-aprel.
- ↑ „Детская Новая Волна - Дима Билан, София Тарасова и хор "Новая волна" - Не молчи“ (ru). 2022-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-yanvar.
- ↑ „София Тарасова и Дима Билан - "Когда растает лед"“ (ru). 2022-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-yanvar.
- ↑ „Тимур Родригез и София Тарасова - Лучше не будет никогда“ (ru). 2022-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-yanvar.
- ↑ „Филипп Киркоров и София Тарасова - "Радость моя". "Детская Новая волна - 2014". HD“ (ru). 2022-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-yanvar.
- ↑ „Ани Лорак и София Тарасова - Оранжевые сны (Рождественская песенка года, 07.01.2017)“ (ru). 2022-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-yanvar.
- ↑ „София Тарасова и Нюша "Вою на луну" Рождественская песенка года 2014“ (ru). 2022-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-yanvar.
- ↑ „Меладзе представил новый состав «ВИА Гры»“ (ru). Lenta.RU. 2022-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-yanvar.
- ↑ „вчера был ровно год, как я переехала в Берлин“ (ru). Instagram. 2023-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-may.
- ↑ Ольга Комарова. „Украли документы и деньги: переехавшая в Берлин солистка «ВИА Гры» хлебнула горя (видео)“ (ru). ПопкорнNews (2023-yil 18-may). 2023-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-may.
- ↑ „14-летняя украинка завоевала гран-при конкурса Sanremo Junior 2015“. Обозреватель (2015-yil 20-aprel). 2021-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-may.
- ↑ 29,0 29,1 „София Тарасова: "Не забывайте, что на сцене вы не по отдельности, а вместе! А вместе вы – сила!"“. Первый национальный (2014-yil 4-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 3-avgust.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „София Тарасова представила свой новый клип «Змінити все!»“. kids'music (2015-yil 31-yanvar). 2015-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-avgust.
- ↑ 31,0 31,1 „Дети земли - Мир без войны (послушать музыку, посмотреть видео клип)“. TopHit. 2020-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-mart.