Sofya Vasilyevna Kovalevskaya (1850.3(15).1, Moskva – 1891.29.1(10.2), Stokgolm) — rus matematigi, yozuvchi. Peterburg Fanlar Akademiyasi 1-ayol muxbir aʼzosi (1889). V. O. Kovalevskiyning xotini. Matematik maʼlumotni chet elda olgan (1869—74). Differensial tenglamalar va Abel integrallariga oid ishlari uchun Gyottingen universiteti unga falsafa doktori ilmiy unvonini bergan. Stokgolm universitetida dotsent va professor (1883-yildan). Asosiy ilmiy ishlari xususiy hosilali differensial tenglamalarning analitik yechimlariga, qattiq jismlarning qoʻzgʻalmas nuqta atrofida aylanishi va toʻla simmetrik boʻlmagan gidroskopning aylanishi masalalariga bagʻishlangan. Kovalevskaya belletristik asarlar ("Baxt uchun kurash" dramasi, "Nigilistika" romani, "Bolalik esdaliklari" va boshqalar) muallifi.[2]

Sofya Kovalevskaya
Tavalludi 3 (15) yanvar 1850
Vafoti 10-fevral 1899[1]
Ijod qilgan tillari Rus tili, Nemis tili, Shved tili va Fransuz tili
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va Shvetsiya

Manbalar

tahrir
  1. (unspecified title) — С. 73.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil