SOGʻONIY — (to‘liq ismi Roziyyuddin Hasan ibn Muhammad as-Sog‘oniy (577, Lahor - 650) — lug‘atshunos olim, faqih va muhaddis.

Sog'oniy
Tavalludi IX-X asrlarda
Marv yaqinidagi Sog‘on qishlog‘ida
Vafoti 990-yil
Bog'dod
Kasbi – astronomiya, fan tarixi
Faoliyat yillari – Islomning oltin davri
Dini Islom

Hayoti tahrir

Gʻaznada voyaga yetgan. 615-yil Bag‘dodga kelgan, bu yerda bir muddat yashagach, Hindistonga ketgan. Haj ziyoratini o‘tash uchun Makkaga, u yerdan esa Yamanga borgan, so‘ng tag‘in Bag‘dodga qaytib kelgan. Bag‘dodda vafot etgan, vasiyati bo‘yicha Makkaga dafn etilgan.

Asarlari tahrir

"Ash-Shavorid", „An-Navodir fil-lug‘a“, „Sharhi abyotil-mufassal“, „Durrus-sahoba fi mavozii vafoyotissahoba“, „Sharhi sahihi Buxoriy“ (muxtasar).

Lugʻatshunoslikka doir asarlari tahrir

Lugʻat ilmiga doir 2 jildli „Majmaʼul-bahrayn“ va „Sihohi Javhariy“ni mukammallashtirib, olti jildli bir asar yozgan.

Hadisshunoslikka doir asarlari tahrir

Hadisga doir „Misbohud-dujo“, „Mashorikul-anvorin-Nabaviyya min sihohil-axboril-Mustafaviyya“ kabi asarlar yaratgan. 2246 hadisdan iborat bo‘lgan bu kitobni Buxoriy va Muslimdan tanlab tuzgan, abbosiy xalifalaridan Muntasirning kutubxonasiga tuhfa etgan. Sogʻoniy uydirma hadislarga doir ikki risola yozgan, bu xususda juda talabchanlik bilan bahs yuritgan.

Havolalar tahrir

https://fayllar.org/islom-ensiklopediyasi.html?page=42 Islom ensiklopediyasi

Manbalar tahrir

[1]

  1. Husniddinov, Zuhriddin. Sog'oniy, "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi"Davlat ilmiy nashriyoti, Toshkent, 2004 — 267 bet.