Soib Qurbonov
Soib Qurbonov (1988-yil 3-fevralda Oʻzbekistonda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik dzyudochi, 100-kg gacha boʻlgan vazn toifasida ishtirok etib keladi. XXXI yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, dzyudo boʻyicha Osiyo chempionati sovrindori, dzyudo boʻyicha Gran-pri sovrindori, Osiyo oʻyinlari va Jahon Universiadasi sovrindori.
Soib Qurbonov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
3-fevral 1988-yil Oʻzbekiston |
Sport | |
Qaysi sport | Dzyodo |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Osiyo chempionati | ||
Kumush | Toshkent 2016 | 100kg gacha |
Osiyo oʻyinlari | ||
Bronza | Inchxon 2014 | jamoaviy |
Sport faoliyati
tahrirSoib Qurbonov 2013-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan jahon chempionatida 100-kg gacha boʻlgan vazn toifasida bronza medali uchun olib borilgan bahsda germaniyalik dzyudochi Dmitriy Petersga yutqazib qoʻydi[1]. Qozon shahrida (Rossiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Jahon Universiadasida 100-kg vazn toifasida bronza medali qoʻlga kiritadi[2].
U 2014-yil Inchxon shahridagi (Koreya Respublikasi) yozgi Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston terma jamoasi bilan jamoaviy bahslarda bronza medali sohibi boʻladi[3]. 2015-yilda Toshkentda dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan Gran-pri turnirida bronza medalini qoʻlga kiritadi[4].
Soib Qurbonov 2016-yilda Toshkentdagi dzyudo boʻyicha Osiyo chempionatida 100-kg gacha boʻlgan vazn toifasida turnir finalida Olimpiya oʻyinlari chempioni moʻgʻulistonlik dzyudochi Naidan Tuvshinbayarga yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritadi[5]. Budapeshtda (Vengriya) dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan Gran-pri bosqichida 100 kg gacha vazn toifasida finalda gollandiyalik Mishel Korrelaga imkoniyatni boy bergan boʻlsa[6], Toshkentdagi bosqichda finalda Ozarbayjonlik Jalil Shukuh ustidan gʻalaba qozonib, oltin medalni qoʻlga kiritadi[7]. 100 kg vazn toifasida Rio-de-Janeyro (Braziliya) birinchi davrada Yevropa chempioni ukrainalik dzyudochi Artyom Blochenkoga imkoniyatni boy berdi[8][9].
Manbalar
tahrir- ↑ „Соиб Курбанов остался в шаге от бронзовой медали ЧМ по дзюдо в Бразилии“. 2021-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-iyun.
- ↑ „Дзюдоист З.Махмадов принес России серебряную награду Универсиады“.
- ↑ „DrawSheet | JU | Sports“. 2014-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-iyun.
- ↑ „Дзюдоист Билалов – призёр турнира Гран-при в Ташкенте“.
- ↑ „IJF live results“.
- ↑ „Дзюдо: Узбекистанцы завоевали четыре медали в Будапеште“.
- ↑ „Соиб Курбанов стал победителем Гран-при Ташкента“.
- ↑ „Men -100 kg“. 2016-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-iyun.
- ↑ „KURBONOV Soyib - Olympic Judo | Uzbekistan“. 2016-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-iyun.