Sokollu Mehmed posho masjidi (turkcha: Sokollu Mehmet Paşa Camii) – Turkiyaning Istanbul shahri, Fotih tumani, Kadirga mahallasida joylashgan XVI asrga oid Usmonli masjidi. Yodgorlik Usmonli vaziri Sokollu Mehmed posho hamda uning rafiqasi İsmihan Sulton (talaffuzi: Ismihan Sulton) tomonidan qurdirilgan. Masjid loyihasi Usmonli imperiyasi meʼmori Xoʻja Sinon tomonidan ishlab chiqilgan va 1571—1572-yillarda qurib bitkazilgan. Masjid oʻzining ichki devorlarini bezatib turuvchi Iznik koshinlari bilan ajralib turadi.

Masjid
Sokollu Mehmed posho masjidi
turkcha: Sokollu Mehmet Paşa Camii
Sokollu Mehmed posho masjidi
Mamlakat  Turkiya
Istanbul Fotih tumani, Kadırga mahallasi
Koordinatalar 41°00′17″N 28°58′20″E / 41.00472°N 28.97222°E / 41.00472; 28.97222
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Usmonli meʼmorchiligi
Meʼmor Xoʻja Sinon
Binokorlik 1568—1571—1572
Gumbaz balandligi 22.8 m (75 ft)
Gumbaz yoʻgʻonligi 13 m (43 ft)
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1
Qurilish materiali granit, marmar
Holati amaldagi
Cornelius Gurlittning masjid qurilishi rejasi, 1912-yil
Cornelius Gurlitt tomonidan ishlangan masjid kesmasi, 1912-yil

Tarixi

tahrir

Masjid Usmonli imperiyasi meʼmori Xoʻja Sinon tomonidan loyihalashtirilgan[1]. Hovlining shimoliy kirish eshigi ustidagi turkcha poydevor yozuvlariga koʻra, bino 979-hijriy yilda (milodiy 1571—1572) qurib bitkazilgan. Sokollu Mehmed posho masjidni rafiqasi İsmihan Sultan bilan birgalikda vaqf qilgan boʻlsa-da, yozuvlarda faqat Sokollu Mehmed Poshoning nomi qayd etilgan[1].

Arxitekturasi

tahrir

Tashqi koʻrinishi

tahrir

Masjid meʼmoriy jihatdan nisbatan noqulay hududda, yaʼni tik qiyalikda joylashganligi bilan bilan ajralib turadi. Meʼmor Sinon masjid binosini ikki qavatli hovli koʻrinishida qurish orqali bu muammoni hal qiladi. Pastki qavatlardan doʻkon sifatida foydalanilgan boʻlib, ularning ijara haqi masjidni taʼmirlash ishlari uchun moʻljallangan. Hovlining ochiq ustunli yuqori qavatining uch tomonida joylashgan ustunlar orasidagi boʻshliqlar devor bilan oʻralgan boʻlib, ularning har birida kichik deraza, kamin va koʻrpa-toʻshaklarni saqlash uchun joy, shuningdek, madrasa uchun turar-joy vazifasini bajaruvchi kichik xonalar ham mavjud boʻlgan. Hovlining toʻrtinchi tomonida esa masjid binosi qurilgan boʻlib, tepa qismi gumbaz bilan oʻralgan[2]. Gumbazning diametri 13 metr (43 ft), balandligi 22.8 metr (75 ft)[1]. Hovlidagi tahorat olinadigan favvora gumbazini oʻn ikkita ustunlar mustahkamlab turadi[1]. Masjidning yagona minorasi shimoli-sharqiy burchakda joylashgan[2].

Ichki koʻrinishi

tahrir

Sokollu Mehmed posho masjidining ichki qismi koʻk, qizil va yashil rangdagi gul naqshlari, oq suls harflari bilan ishlangan xattotlik panellari, bezatilgan Iznik koshinlari bilan mashhur[3]. Ichki ustunlarni yaratishda marmardan foydalanilgan. Minbar konussimon qalpoqli boʻlib, oq marmardan yasalgan va Iznik koshinlari bilan qoplangan. Mehrob ustidagi derazalar shisha bilan qoplangan. Asosiy kirish eshigi tepasida oltin va mis yugurtirilgan ramka bilan hoshiyalangan, Makkadagi Kaʼbadan keltirilgan tosh parchasi joylashgan. Bu qora toshning boshqa parchalari minbar va mehrob ustida ham mavjud[3]. Binoning boʻyoqlar bilan bezatilgan qismlari qayta boʻyab chiqilgan, ammo asl boʻyoqlarning bir qismi shimoliy kirish eshigi vestibyulining tepasida, kirish qismi tepasidagi balkonni mustahkamlab turuvchi qismida va yon galereyalarning shiftlari ostida saqlanib qolgan[1].

Galereya

tahrir


Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Necipoğlu 2005.
  2. 2,0 2,1 Goodwin 2003.
  3. 3,0 3,1 Denny 2004.

Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir