Solih Muhammad

(1902 – yil, Toshkent, 1938 – yil 30 – oktyabr) – XX asr boshida Germaniyada tahsil olgan taraqqiyparvar, oʻqituvchi agronom, jurnalist va olim 1930-yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi

Solih Muhammad (1902 – yil, Toshkent, 1938 – yil 30 – oktyabr) – XX asr boshida Germaniyada tahsil olgan taraqqiyparvar, oʻqituvchi agronom, jurnalist va olim 1930-yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi. Aksilinqilobiy tashkilot aʼzosi sifatida qatagʻonga uchragan. [1]

Solih Muhammad
Tavalludi 1902 y
Toshkent
Vafoti 1938 yil 9 оktyabr
Fuqaroligi O'zSSR
Kasbi agronom, o'qituvchi va jurnalist
Sohasi qishloq xo'jaligi
Dini islom

Hayoti va faoliyati

tahrir

Yoshlik yillari

tahrir

Solih Muhammad 1902 yili Toshkentda tugʻilib, dastlab maktabda, soʻng Koʻkaldosh madrasasi va rus-tuzem maktabida oʻqidi. 1918-1919 yillarda yangi maktablar uchun muallimlar tayyorlaydigan oʻqituvchilar kurslarida oʻqib, dastlab shahardagi Forobiy nomidagi maktabda muallim, keyinrok Yangi kalon koʻchasidagi maktabda mudir boʻlib ishlay boshladi.

Taʼlim

tahrir

1922 yilda Turkiston respublikasi Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi raisi Abdulla Rahimboev uni oʻz huzuriga chaqirib, bir guruh talabalar bilan Germaniyaga oʻqishga yuborishini aytib, unga Yevropaning ilgʻor fa ni va texnikasini, maorif va madaniyat sohasida erishgan yutuqlarini oʻrganib, Turkistonning iqtisodiy-madaniy taraqqiyoti uchun bel bogʻlash ni maslahat beradi. Solih Muhammad, koʻpchilik oʻrtoqlari kabi, bu taklifni jon-dilidan kabul qiladi va ona yu rtining kelgusi istiqboli yoʻlida fidoyi farzand boʻlib etishish orzusida Germaniyaga oʻqish ga ketadi. U Germaniyaning Shtutgart sh ahridagi Oliy ziroat akademiyasiga kirib oʻqiydi, ekinchilik, urugʻchilik, paxtachilikni rivojlantirish boʻyicha Yevropa fan-texnikasi erish gan bilim va tajribalarni puxta egallashga harakat qiladi.

Solih Muhammad 1927 yili Toshkentga yozgi taʼtilga keladi. Ammo uning Germaniyaga qaytish i va oʻqishni yakunlashiga imkon berilmaydi. Shundan keyin u Samarqandga borib, respublika rahbarlari Fayzulla Xoʻjayev, Akmal Ikromov va Yoʻldosh Oxunboboevlarning huzurida boʻlib, Zarafshon mavzesining Kattaqoʻrgʻon tumani yaqinidagi urugʻchilik ilmiy-tajriba stansiyasiga yoʻllanma oladi. U shu yerda bir oz ishlagach, 1928 yilning oʻrtalarida Samarqanddagi respublika urugʻchilik boshqarmasiga bosh liq eti b tayinlanadi. 1931 yili respublika poytaxti Toshkentga koʻchishi munosabati bilan u ham Toshkentga koʻchib keladi va 1934-yilgacha boshqarma boshligʻi lavozimida xizmat qilishda davom etadi. Keyin Oʻzbekiston paxtachilik trestiga ishga oʻtib, paxtaning yangi navlarini ya rati sh u stida ilmiy ish olib boradi. Respublikaning Zarafshon va Kattaqoʻrgʻondagi urugʻchilik stansiyalari, Fargʻona va Andijon viloyatlaridagi tajriba stansiyalari va paxta dalalarida olib borilayotgan (masalan, namanganlik mashhur paxtakor Ibrohim Rahmatovning) tajribalarni oʻrganib, paxtachilikni rivoj lantirish chigitning yangi navlarini yaratish masalalari bilan shugʻullanadi. U 1927 yili Germaniyadan qaytib, Samarqand shahri yaqindagi Kattaqoʻrgʻon tarjiba stansiyasida ish lagan id a ish chilarning shikoyatlarini eshitib, shu vaqtgacha ishchilar qoʻmitasiga maalliy ish chilardan birorta kishining rais boʻlmaganligini qattiq tanqid qiladi va shu majlisda birinchi marotaba Moʻmin degan kishi ishchilar qoʻmitasiga rais etib saylanadi. Solih Muhammad yordamida shu yerdagi maxalliy uzbek va toj ik ishchi lari uchun ilk bor choyxona, qizil burchak, uzbek tilidagi gazeta va j urnallar oʻqiydigan maxsus xona tash kil qilinadi. S olih Mu.hammad Tosh kentning madaniy qiyofasi, istirohat bogʻlari, adabiyot va sanʼat, teatr yangiliklari bilan xam qiziqib, M annon U ygʻur, A bror H idoyatov kabi m ashhur sahna ustalari, A bdulla Qodiriy, Choʻlpon singari yozuvchi va shoirlar, ziyolilar bilan tez-tez muloqotda boʻlib turgan.1937 yil 11 oktyabrda Solih Muhammad Oʻ zS S R NKVDsi UGB xodimlari tomonidan nohaq qamoqqa olindi. Va hech bir dalil-isbotsiz tergov qiynoqlari ostida yoʻq ayblarni boʻyniga olishga majbur qilindi.

Turkistondagi faoliyati

tahrir

Adolatsiz tergov-soʻroqlar, ayblar asosida xalqimizning asl farzandlaridan biri, Germaniyadagi Oliy ziroat akademiyasida oʻqib kelgan oʻzbek ziyolilaridan biri Solih Muhammad 1938 yil 9 oktyabrda oʻzi bilan bir davrda oʻqib, keyinchalik Oʻzbekistonga ne-ne yaxshi um id va orzular bilan qaytib kelgan kimyogar Sattor Jabbor, genetik Rauf Rasuliy, elektr injeneri Toʻlagan Moʻmin, shifokor Xayriniso Majidxonova, irrigator Fuzayl Sherahmad oʻgʻli va boshqalar qatori SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasi qarori bilan vahsh iylarcha otib oʻldirildi. Xotini Zebo, qizi Nafisa, ukalari Sodiq, Same, Mansur, Muhammadamin va boshqalarga akalarini qaytib koʻrish, uchrash ish nasib qilmadi. Solih Muhammad ham S S S R Oliy sudi Harbiy kollegiyasining 1957 yil 2 avgustdagi qarori bilan oqlandi.

Manbalar

tahrir
  1. Турдиев Шерали.. Улар Германияда ўқиган эдилар. М асъул муҳаррир: филология фанлари доктори Наим Каримов: . Тошкент «Akadem — xizmat», 2006 — 256-bet.