Soliq qoʻmitasi (inglizcha: Tax Committee under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan) — respublika boʻylab soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini va davlatning iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash sohasidagi nazorat boʻyicha respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Soliq qo‘mitasi
Turi Davlat boshqaruvi organi
Maqomi Amalda
Ishga tushgan sanasi 18-yanvar, 1994-yil (30 yil avval) (1994-01-18)
Joylashuvi Toshkent shahri, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 13A-uy
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Direktori Sherzod Qudbiyev
Vebsayti soliq.uz
Til(lar)i oʻzbek, rus, ingliz

Soliq qoʻmitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida joylashgan va mahkamaga boʻysunadi. U oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

Soliq qoʻmitasi raisi – Sherzod Qudbiyev[1].

Tarixi

tahrir

1994-yil 18-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-744-sonli Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat soliq bosh boshqarmasini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat soliq qoʻmitasiga aylantirilgan[2][3]. Sherzod Qudbiyev Davlat soliq qoʻmitasini 2020-yil may oyidan 2022-yil oxirigacha boshqargan[4].

Rahbariyat

tahrir
F.I.Sh Lavozimi
Qudbiyev Sherzod Davlyatovich Soliq qoʻmitasi raisi
Mirzayev Mubin Muxidinovich Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari[5]
Fayzibayev Alimjan Elchiyevich Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari
Abdiyev Jaxongir Ibragimovich Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari
Sadullayev Ulugʻbek Atobayevich Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir