Son – quruqlikda yashovchi umurtqalilar orqa oyogʻi hisoblanadi; odam da oyoqning chanoqson boʻgʻimidan tizza boʻgʻimigacha boʻlgan qismi son skeleti son suyagidir. Son suyagi, muskullar, qon tomir va nervlardan tashkil topgan. Ularni teri osti pardasi, yogʻ qatlami va teri qoplab turadi. Son terisi ostidan sonning katta venasi oʻtadi. Son muskullari oldingi, ichki va tashqi guruxlarga boʻlinadi. Son boldir, oyoq kafti va panjalar bilan qoʻshilib, oyoqni tashkil etadi. Boʻgʻimoyoqlilar soni oyoqning 3 yoki 4 boʻgʻim asosidan boshlanadigan harakatchan aʼzosidir.

Son