Song Hye Kyo (koreyscha: 송혜교; 1981-yil 22-noyabr) – Janubiy Koreyalik aktrisa. Song „Autumn in My Heart“(2000), „All In“(2003), „Full House“(2004), „That Winter, the Wind Blows“(2013), „Descendants of the Sun“(2016), „Encounter“(2018) „The Glory“(2022), „The Grandmaster“(2013), „My Brilliant Life“(2014), va „The Queens“(2015) kabi mashhur teleseriallarda rol oʻynagan. 2017-yilda Song Hye Kyo Forbes jurnalining „Korea Power Celebrity“ roʻyxatida 7-oʻrinni[1] , 2018-yilda esa 6-oʻrinni egallagan[2] .

Song Hye Kyo

Song Hye Kyo 2023-yil iyul
Tavalludi 1981-yil 22-noyabr
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Taʼlimi Sejong universiteti
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1996–yildan-hozirgacha
Boʻyi 1.61m
Veb-sayti songhyekyo.co.kr

Hayoti va faoliyati tahrir

Song dunyoga kelganida shu qadar kasal ediki, ota-onasi va shifokorlar uni omon qolmaydi deb oʻylashgan. Ammo tuzalib ketgach Songning ota-onasi uning tugʻilgan kunini 1982-yil 26-fevralga oʻzgartirishgan. Uning haqiqiy tugʻilgan sanasi 1981-yil 22-noyabr[3]. Uning yoshligida ota-onasi ajrashishgan shundan soʻng u onasi qoʻlida tarbiyalangan. Song va uning onasi Daegu shahridan Seouldagi Gangnam tumaniga koʻchib oʻtishadi. U yerda Song boshlangʻich maktabda oʻqiydi va oʻsha paytlarda figurali uchish sportiga qatnay boshlagan. Song Hye Kyo Sejong universitetida kino sanʼati boʻyicha tahsil olgan. U 2017-yilning 5-iyul kuni „Song and Descendants of the Sun“ filmining bosh qahramoni Song Joong-ki bilan unashtirilganliklarini eʼlon qilishgan[4]. Ular 2017-yil 31-oktabr kuni Seouldagi Shilla mehmonxonasida turmush qurishgan. Marosimda ularning eng yaqin oila aʼzolari, doʻstlari va mashhur aktyorlar ishtirok etishgan. Oradan ikki yil oʻtib, 2019-yil 27-iyun kuni Song Joong-ki Song Xye Kyo bilan ajrashish uchun ariza berganini maʼlum qilgan va ajralish 2019-yilning iyul oyida yakunlangan[5].

2021-yilda Song SBS telekanalining „Now, We Are Breaking Up“ romantik dramasida rol oʻynagan. 2022-yilda esa Netflixning „The Glory“ serialida rol oʻynagan. Bu serial tomoshabinlar tomonidan yaxshi kutib olingan va Songning oʻrta maktabdagi shafqatsiz zoʻravonlik qurboni boʻlgan va oʻzi voyaga etganida jinoyatchilardan qasos olishga bagʻishlagan Moon Dong-eun obrazi tanqidchilar tomonidan olqishlarga sazovor boʻlgan. Serialdagi ijrosi uchun Song „59th Baeksang Arts Awards“da „Best Actress – Television“ nominatsiyasi boʻyicha gʻolib boʻlgan.

Mukofotlari tahrir

  • Grand Prize(2013)
  • Best Couple(Song Joong-ki bilan)(2016)
  • Most Popular Actress(Eng mashhur aktrisa)(2001), (2016)
  • iQiyi Global Star(2016)
  • Best Actress – Television(2016), (2023)
  • Most Charming Charity Star Award(2009)

Manbalar tahrir

  1. „[SPECIAL EDITION (1) 박보검·송중기 한국 최고 파워 셀러브리티“] (ko). JoongAng Ilbo (2017-yil 23-fevral). 2017-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-mart.
  2. „[2018 대한민국 셀러브리티(8) 한국 연예계의 세대교체“] (ko). JoongAng Ilbo (2018-yil 23-mart). 2018-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-sentyabr.
  3. „ko:송혜교, 조촐한 생일파티 공개 '수수하지만 빛나는 미모'“ (ko). My Daily (2012-yil 28-noyabr). 2018-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 21-yanvar.
  4. „Song Joong-ki, Song Hye-kyo to Wed in October“. The Chosun Ilbo (2017-yil 5-iyul). 2018-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-sentyabr.
  5. „Song Hye-kyo and Song Joong-ki finalise divorce in Seoul“ (en). South China Morning Post (2019-yil 22-iyul). 2019-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-iyul.