Klarnet
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Klarnet [ital. Clarinetto, lotincha clarus — tiniq (tovush) soʻzidan], soprano (yoki katta) klarneti — puf-lamatilchali yogʻoch musiqa cholgʻusi. 17-asr oxirida yuzaga kelgan. Tovushi tiniq, yorqin, shirali va yoqimli. Obnus (qora) daraxti yogʻochidan va plastmassadan yasaladi. Yuqori qismidagi moslama (mundshtuk)ga kamish (yoki bambuk) tilcha boglanadi, silindr shaklidagi havo yoʻli (ichki kanal)ning oʻz. 590–680 mm. Hozirgi K.lar 7 tyoshikli va 20 klapanli, asosan, V yoki A sozida boʻladi. Diapazoni d (yoki cis) — I (s4). Kichik K., bassetgorn, bas-K., kontrabas-K. kabi turlari ham manjud.
Ijro va ifodaviy imkoniyatlari keng boʻlgan K. yakkanavoz soz sifatida, kamer va estrada ansambllari, simfonik va puflama cholgʻular orkestrlarida ishlatiladi. Oʻzbekistonda il k K.chilar 20-asr boshida paydo boʻlib, 1950-yillardan U. Rizoqulov, B. Minin, keyinroq K. Azimov, B. Solihov, B. Murtazoyevlar tanildi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |