Sosiska (fransuzcha: saucisse) — qaynatilgan qiyma goʻshti yoki uning oʻrnini bosuvchi mahsulotlardan tayyorlangan kolbasa mahsuloti. Bu kichik kolbasa koʻrinishida boʻlsada, undan farqli oʻlaroq qoida tariqasida, termik ishlov ishlov berilgandan (qaynatish, qovurish) keyin isteʼmol qilinadi. Qalin kalta kolbasa sardelka[1] nomi bilan mashhur. Choʻchqa goʻshti, shpik solingan (ogʻirligi boʻyicha 30 %) 4 smli kalta sardelkalar shpikachka deb ataladi[2][3][4].

Qaynatilgan sosiskalar guruch bilan
Варёные сосиски с рисом
Grilda qovurilgan sosikalar
Сосиски после жарки на гриле

Tarixi tahrir

 
Tomat pastasi bilan konservalangan kolbasa

Zamonaviy sosiska 1805-yil 13-noyabrda Frankfurtdan Venaga koʻchib oʻtgan qassob Iogann Laner (1772—1845) tomonidan ixtiro qilingan. Sosiskalarni aynan kim ixtiro qilgani haqidagi savol Frankfurt va Vena shaharlari oʻrtasida uzoq vaqtdan beri davom etayotgan bahsli masaladir. Sosiskalar Frankfurtda oʻrta asrlardan beri ishlab chiqarilgan. Ammo Vena sosikalarini tayyorlashda birinchilardan boʻlib mol goʻshti va choʻchqa goʻshti aralashmasi ishlatilgan. Bu retsept hozirgi zamonaviy sosikalarga tadbiq qilinadi.

Sovet Ittifoqi davrida kolbasa mahsulotlarini ommaviy ishlab chiqarish 1936-yilda oziq-ovqat sanoati xalq komissari Anastas Mikoyan yangi goʻsht mahsulotlarini ishlab chiqarish toʻgʻrisidagi buyruqni imzolaganida yoʻlga qoʻyilgan[5]. Xuddi shu yillarda Moskva, Leningrad, Engels, Sverdlovsk shaharlarida oʻsha davr uchun eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan yigirmadan ortiq yirik goʻshtni qayta ishlash zavodlari qurildi.

Xususiyatlari tahrir

 
Sovutgichli peshtaxtaning fonida sosiska boʻlaklari (markazda va oʻngda) va sardelka(chapda) joylashgan. Oldinda kolbasa (chapda — yarim dudlangan, oʻngda — qaynatilgan)
 
Pancake dog[6]

Sosiskalar turlari ham hajmi, ham rangi jihatidan sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Ushbu guruh mahsulotlarining umumiy xususiyatlari elastiklikdir (bosgandan keyin shaklini tiklashi kerak). Ularda yogʻli dogʻlar boʻlmasligi kerak, agar sosiska sunʼiy qobiqda boʻlsa, unda silliq boʻlishi kerak. Muzlatilgan sosiska tahminan bir oy davomida saqlanishi mumkin.

Sosiskaning klassik navlari Frankfurt[7], oq myunxen sosiskasi va Vena (choʻchqa goʻshti va mol goʻshti, ziravorlar bilan tayyorlangan)sosiskalari. Kolbasalarning boshqa turlariga parhezbop (parranda goʻshtidan), soyali, gril sosiskalar (grillda qovurish uchun), sut mahsulotlari qoʻshilgan (ularning tarkibiga yogʻlilik darajasi 28 % dan koʻp boʻlmagan sut kukuni qoʻshiladi), qaymoqli (quruq qaymoq qoʻshilgan holda), ovchilik (yuqori darajada dudlangan ingichka), buzoq goʻshtidan (mol goʻshti, qaymoq), doktorlik (doktorlik kolbasasi retsepti), havaskor, pishloqli, dudlangan choʻchqa goʻshtilik, sardelkalar kiradi.

Kolbasa hayvonlarning ichaklari yoki jelatindan tayyorlangan tabiiy qobiqlarda ham, poliamid qoplamalarda ham ishlab chiqarilishi mumkin. Tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan qobiq isteʼmol uchun tayyor boʻladi. Plastik qobiq esa isitish yoki qovurishdan oldin olib tashlanadi. Har qanday goʻsht mahsulotlari kabi sosiskalarning saqlash muddati cheklangan.

Sosiskalar navidan kelib chiqib qaynatilishi, qovurilishi, hom holda isteʼmol qilinishi, boʻlaklarga boʻlinib boshqa taomlarga qoʻshilishi, mangalda tayyorlanishi, qiyma qilib maydalanishi mumkin. Sosiska bilan tayyorlanadigan yana boshqa taomlar orasida xamirga oʻralgan sosika, hot dog, korn doglar uchraydi.

Manbalar tahrir

  1. Sardelka[sayt ishlamaydi] // Tolkovie slovari russkogo yazika T. F. Yefremovoy i S. I. Ojegova.
  2. Shpikachki[sayt ishlamaydi] // Yefremova T. F.. Tolkoviy slovar russkogo yazika.
  3. ГОСТ R 52196-2011 „Izdeliya kolbasnie varenie. Texnicheskie usloviya“ // M.: Standartinform. — 2012. Tekst dokumenta v spravochnoy sisteme „Техэксперт“.
  4. ГОСТ 23670-79 „Kolbasi varenie, sosiski i sardelki, xlebi myasnie. Texnicheskie usloviya“ (s izmeneniyami № 1-6) / Kolbasi. Texnicheskie usloviya i metodi analiza: Sbornik GOSTov // M.: Izdatelstvo standartov. — 2001. Tekst dokumenta v spravochnoy sisteme „Техэксперт“.
  5. Sosiski, morojenoe i shampanskoe. Produkti, kotorie podaril nam Mikoyan | Kuxni mira | Kuxnya | Argumenti i Fakti
  6. Ekspert Severo-Zapad 20-2014 — Redaksiya jurnala Ekspert Severo-zapad — Google Knigi
  7. Культура Германии 2006.

Adabiyotlar tahrir

  • Sosiski // Tovarniy slovar / I. A. Pugachyov (glavniy redaktor). — M.: Gosudarstvennoe izdatelstvo torgovoy literaturi, 1960. — T. VIII. — Stb. 337—340
  • Ratushniy A. S. Sosiski // Vsyo o ede ot A do Ya: Ensiklopediya. — M.: Izdatelsko-torgovaya korporatsiya „Dashkov i K°“, 2016. — S. 369—370. — 440 s. — 300 ekz. — ISBN 978-5-394-02484-9.
  • Markina L. G. FRANKFURTER FRANKFURTSKAYa (SOSISKA) // Kultura Germanii: lingvostranovedcheskiy slovar / pod obщey redaksiey prof. N. V. Muravlyovoy. — M.: AST, 2006. — S. 278. — 1181 s. — 3000 ekz. — ISBN 5-17-038383-5.

Havolalar tahrir