SoundCloud — SoundCloud Global Limited & Co. KG kompaniyasiga tegishli va boshqariladigan nemis audio striming xizmati[5][6]. Xizmat oʻz foydalanuvchilariga audio yuklash, targʻib qilish va almashish imkonini beradi. SoundCloud 2007-yilda Alexander Ljung va Eric Wahlforss tomonidan asos solingan. U dunyodagi eng yirik musiqa striming xizmatlaridan biri boʻlib, 190 mamlakat va hududlarda mavjud[7]. 2021-yil noyabr holatiga koʻra, xizmat 76 milliondan ortiq faol oylik foydalanuvchilarga va 200 milliondan ortiq audio treklarga ega[8][9]. SoundCloud mobil, desktop va Xbox qurilmalari uchun mavjud. Platformada ham bepul, ham pullik aʼzolikni taklif etadi. SoundCloud anʼanaviy onlayn oqim platformasidan koʻngilochar kompaniyaga aylangan.

SoundCloud

2010-yildan beri ishlatilayotgan logo
Joriy holati Aktiv
Sayt turi
  • Audio striming
  • Podcast
  • Raqamli media playerlar
Roʻyxatdan oʻtish

Ixtiyoriy;

Kontent joylashtirish va yuklash uchun roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.
Roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar soni Oyiga +120 million foydalanuvchi (2022)[1]
Qaysi tillarda Ingliz
Muassisi SoundCloud Global Limited & Co. KG
Ochilgan sanasi 17-oktyabr, 2008-yil (16 yil avval) (2008-10-17)
Ishchilar soni taxminan 425 (2021)[2]
Mamlakat Germaniya[3]
URL soundcloud.com
Qaysi dasturlash tilida yozilgan
 
Eric Wahlforss 2010 yilda

SoundCloud 2007-yil 27-avgustda Berlinda shved ovoz dizayneri Alexander Ljung va shved elektron musiqachisi Eric Wahlforss tomonidan tashkil etilgan. Veb-sayt 2008-yil 17-oktyabrda ishga tushirilgan[10]. Oʻsha yilning oxirida Rapper Kid Cudi oʻzining Soundtrack 2 My Life treki uchun videoni joylashtiradi, keyin 2012-yilda YouTubega almashtirildi. SoundCloud dastlab musiqachilarga yozuvlarni almashish va muhokama qilish orqali hamkorlik qilish imkonini yaratish uchun moʻljallangan edi, lekin keyinchalik musiqani tarqatish uchun nashriyot vositasiga aylandi[11]. Wired jurnaliga koʻra, SoundCloud oʻzining yaratilishidan koʻp oʻtmay, musiqachilar uchun oʻz musiqalarini tarqatish uchun platforma sifatida Myspace hukmronligiga qarshi kurasha boshlaydi[11].

SoundCloud 2009-yil aprel oyida Doughty Hanson Technology Ventures kompaniyasidan 2,5 million yevrolik A seriyali mablagʻni oldi[12]. 2010-yil may oyida SoundCloud foydalanuvchilari bir milliondan ortganini eʼlon qildi[12]. SoundCloud 2011-yil yanvar oyida Union Square Ventures va Index Ventures kompaniyasidan 10 million AQSh dollari miqdoridagi B seriyali mablagʻni jalb qilgani haqida xabar berilgan. 2011-yil 15-iyunda SoundCloud roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar soni besh millionga yetgani haqida xabar beradi. Shu yilda Ashton Kutcher va Guy Osearyning A-Grade fondidan investitsiya kiritilgani xabar qilinadi. Kompaniya 2012-yil 23-yanvarda esa 10 million roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchi haqida xabar berdi[13]. 2012-yil may oyida SoundCloudning roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilari soni 15 millionga yetganligi eʼlon qilindi. Saytdan foydalanishlar soni oyiga 1,5 million foydalanuvchiga oshib bormoqda[14].

2014-yil mart oyida Twitter oʻzining birinchi integratsiyalashgan musiqa ilovasini ishlab chiqishda SoundCloud bilan hamkorlik qilishini eʼlon qildi. Biroq, SoundCloud musiqa leybllari bilan zarur kelishuvlar yoʻqligi sababli litsenziyalangan musiqalarni joylashtira olmagani uchun loyiha oldinga siljimadi[15][16]. 2013-yil iyul oyida SoundCloudda 40 million foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtgan va oyiga 20 million yangi foydalanuvchilar qoʻshilgan[17].

 
Alexander Ljung Next10da (2010)

SoundCloud 2014-yil yanvar oyida platformada muntazam paydo boʻladigan ruxsatsiz, mualliflik huquqi bilan himoyalangan materiallar masalasini hal qilish uchun yirik musiqa kompaniyalari bilan litsenziyalash boʻyicha muzokaralarni boshlaganini eʼlon qildi[18]. Eʼlon 60 million AQSh dollari miqdorida mablagʻ yigʻgan, natijada 700 million dollarlik qiymatga ega boʻlgan moliyalashtirish bosqichidan soʻng paydo boʻldi[19]. OAV manbalariga koʻra, muzokaralar oʻzining YouTube video almashish platformasida koʻp sonli oʻchirish bildirishnomalarini koʻrib chiqishga majbur boʻlgan Google duch keladigan shunga oʻxshash muammolarning oldini olish maqsadida boshlangan[20].

Spotify 2016-yil 28-sentyabrda SoundCloudni sotib olishni koʻrib chiqayotganini eʼlon qildi[21]. 2016-yil 8-dekabrda esa sotib olish rejalaridan voz kechgani haqida xabar berilgan edi[22].

Platforma 2019-yil fevral oyida SoundClouddagi treklari soni 200 milliondan oshgani haqida xabar berdi[23]. Bu qiymat Myspace natijasidan toʻrt baravar koʻp edi.

Manbalar

tahrir
  1. [1] from Prioridata; by Orvill Samanta; last revised January 18, 2024
  2. SoundCloud employees shocked by job cuts: 'Nobody saw it coming' at Business Insider; by Sam Shead; published 7 July 2017; retrieved 26 May 2021
  3. Stone, Madeline „You Will Want To Live In SoundCloud's Stunning Berlin Offices“ (en). Business Insider. Insider Inc. (2014-yil 12-iyun). Qaraldi: 2023-yil 20-may.
  4. „Building Products at SoundCloud —Part I: Dealing with the Monolith“. SoundCloud.
  5. „Terms of Use - Listen to music“ (en). SoundCloud. — „Welcome to SoundCloud®, a service provided by SoundCloud Global Limited & Co. KG ("SoundCloud", "we" "our", or "us").“. Qaraldi: 2023-yil 15-avgust.
  6. „SoundCloud Global Limited & Co. KG“. OpenCorporates (2019-yil 4-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 15-avgust.
  7. „About SoundCloud – Listen to music“ (en). SoundCloud. Qaraldi: 2021-yil 20-dekabr.
  8. Smith. „16 Amazing SoundCloud Statistics“. DMR (2016-yil 24-iyun). Qaraldi: 2021-yil 20-dekabr.
  9. Deahl. „Over 200 million tracks have been uploaded to SoundCloud“. The Verge (2019-yil 13-fevral). Qaraldi: 2023-yil 14-yanvar.
  10. Jenna Wortham, SoundCloud, an Audio-Sharing Site, Hits 5 Million Users.
  11. 11,0 11,1 Eliot Van Buskirk (6 July 2009). „SoundCloud Threatens MySpace as Music Destination for Twitter Era“. Wired.
  12. 12,0 12,1 Butcher, Mike. „Now a million on SoundCloud – This startup is scaling globally“. TechCrunch (2010-yil 18-may).
  13. Noël. „SoundCloud Hits Ten Million Users“. SoundCloud (2012-yil 23-yanvar).
  14. Olanoff. „SoundCloud announces "Next" version of its site, hits 15M users“. The Next Web. The Next Web, Inc (2012-yil 9-may). Qaraldi: 2014-yil 11-dekabr.
  15. Kafka. „Twitter's Music App Will Let You Watch, Too, With Help From Vevo“. All Things D. Dow Jones & Company Inc (2013-yil 13-mart). Qaraldi: 2014-yil 11-dekabr.
  16. Kafka. „SoundCloud Has a New Pile of Cash, and Wants to Cut Deals With Big Music“. ReCode. Revere Digital LLC (2014-yil 24-yanvar). Qaraldi: 2014-yil 11-dekabr.
  17. Graham, Jefferson. „Who's listening to SoundCloud? 200 million“. USA Today (2013-yil 17-iyul).
  18. Hamburger. „SoundCloud pursuing its first licensing deals with record labels“. The Verge. Vox Media, Inc (2014-yil 24-yanvar). Qaraldi: 2014-yil 11-dekabr.
  19. Kafka. „SoundCloud Has a New Pile of Cash, and Wants to Cut Deals With Big Music“. ReCode. Revere Digital LLC (2014-yil 24-yanvar). Qaraldi: 2014-yil 11-dekabr.Kafka, Peter (24 January 2014).
  20. Pakinkis, Tom (28 March 2014). „SoundCloud holding licensing talks with labels - report“. Music Week. Qaraldi: 31 March 2014.
  21. McIntyre, Hugh. „Is Spotify Buying SoundCloud?“. Forbes (2016-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 9-oktyabr.
  22. Russell, Jon. „Spotify has backed out of talks to acquire SoundCloud“. TechCrunch (2016-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 9-dekabr.
  23. Deahl. „Over 200 million tracks have been uploaded to SoundCloud“. The Verge (2019-yil 13-fevral). Qaraldi: 2023-yil 14-yanvar.Deahl, Dani (13 February 2019).

Havolalar

tahrir