Janubiy Dakota - AQShning shimoli qismidagi shtat. Maydon 199,7 ming km2. Aholisi 756,6 ming kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Pirr shahri. Janubiy Dakota hududining janubisharki Markaziy tekisliklarda, gʻarbi Buyuk tekisliklarda. Gʻarbiy qismida chuqur vodiy va jarlik koʻp. Yer yuzasining balandligi sharqida, asosan, 330 m dan garbida 1000 m gacha (Blek-Xils tog massivi). Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —10°, —12°; iyulniki 20—22°. Yillik oʻrtacha yogʻin 400– 500 mm. Eng katta daryosi — Missuri. AQSh ittifogʻiga 21 avgust 1959 yilda kirgan, undan oldin.

Janubiy Dakota
South Dakota
Shtat
Janubiy Dakota bayrogʻi Janubiy Dakota tamgʻasi
Janubiy Dakota bayrogʻi Janubiy Dakota tamgʻasi

Shtat laqabi: Mount Rushmore Shtati
(Mount Rushmore State)

Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Poytaxt Pierre
Eng yirik shaharlar Sioux Falls
Rapid City
Aberdeen
Maydon

   • Butun
   • % suv

AQSh: 17-oʻrinda

199,731 km²
1.6 %

Aholi

   • Butun (2021)
   • Zichlik
   • Senat oʻrinlari
   • Elektoral ovozlari

AQSh: 46-oʻrinda

775,933
3.84 kishi/km²
1
3

YIM

   • YIM
   • YIM/kishi

AQSh: 46-oʻrinda

$29,386 million
$38,133

Ittifoqqa kirish

   • Sana

8-boʻlib

23 may 1788

Vaqt UTC-6 (CST) / -7 (MST)
Qisqartma SD [46]
Shtat guli Pasque flower

(Pulsatilla hirsutissima)

Shtat daraxti Black Hills Spruce

(Picea glauca var. densata)

Xoʻjaligining asosi — qishloq xoʻjaligi Goʻshtsut chorvachiligi rivojlangan. Qoramol va choʻchqa boqiladi. Bugʻdoy, suli, arpa, zigʻir, yem-xashak ekinlari, makkajoʻxori ekiladi. Konchilik sanoati rivojlangan. Oltin, kumush, uran rudalari qazib chiqariladi. Oziq-ovqat (goʻsht konservalash, un tortish, yogʻ, pishloq) korxonalari bor. Qishloq xoʻjaligi ish qurollari ishlab chiqariladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil