Soyembike (tatarcha: Сөембикә, tahminan 1521-1557) — Qozon xonligi hukmdori (1549-1551), Qozon xonlarining xotini — Jan-Ali (1533-1535), Safogaray va Shax-Ali. Nogʻay biyi Yusufning qizi va Nogʻay Oʻrda Yedigeya sulolasining asoschisining evarasi.

Soyembike
Tavalludi tahminan 1521-yil
Vafoti 1557
Turmush oʻrtogʻi Jan-Ali, Safogaray, Shax-Ali
Bolalari Ultyamishgaray
Otasi Yosıf
Onasi Yusuf biy

Biografiya tahrir

 
Qozonni tark etayotgan asir malika Soyembike. V.G.Xudyakov, 1870.

Soyembikening birinchi eri Jan-Ali knyaz Bulat Shirin va Moskva knyazi Vasiliy III boshchiligidagi promoskov hukumat qarori bilan yoshligidayoq taxtga oʻtirdi. Xonning yoshlik yillarida boshqaruvni Kovgorshat malikasi amalga oshirdi. 1533- yilda u Jan-Ali bilan Soyembikeni (u oʻsha paytda atigi 12 yoshda edi) toʻyini uyushtirdi va shaxzoda voyaga yetgani sabab unga hokimiyatni topshirishga toʻgʻri keldi. Nikoh Moskva bilan kelishilgan holda amalga oshirildi va Moskva juda tez kelishuvga rozi boʻldi, chunki u bu nikoh orqali Nogʻay biyasi Yusuf bilan yaqinlashib oʻzining qaynotasi boʻlmish Nogʻay mirzasi Mamayning yonida yurgan, Qrim sulolasidan agʻdarilgan Safogaray xonga ochiq qarshilik koʻrsatishga umid qildi. Nikoh omadsiz edi, chunki xon xotinini eʼtibordan chetda qoldirdi va ularning bolalari yoʻq edi. Soyembike otasiga shikoyat qilib uni olib ketishni soʻradi. Yusuf xonni almashtirishni taklif qildi va qizini qaytarishni talab qildi. Bu voqealar diplomatik yozishmalar predmetiga aylandi.

Jan-Ali nafaqat xotiniga, balki Qozon hukumatiga ham mos kelmadi, bu Moskva tomonidan ham xonlikning ichki ishlariga aralashishidan qoniqmadi. 1535-yilda Bulatning va Malika Kovgorshat ishtiroki bilan taxt toʻntarish amalga oshirildi, Jan-Ali oʻldirildi va Safogaray taxtga qayta taklif qilindi. Soyembike uning beshinchi xotini boʻldi.Safogaray vafotidan keyin 1549 — 1551-yillarda oʻgʻlining voyaga yetmaganligi sababli Qozon xonligi noyib sifatida hukmronlik qildi. 1551-yilda u murzami tomonidan rus qiroli Ivan IV Grozniyga oʻgʻli Ultyamishgaray Qozon xazinasi bilan birga berildi. Bir yarim yil oʻtgach, oʻzining hohishiga qarshi Kasim hukmdori Shoh Aliga turmushga berildi. Ultyamishgaray Ivan Grozniy tomonidan tarbiyalanishga qoldirildi. Soʻnggi yillarda Soyembike Kasimovda yashadi va u yerda vafot etdi. Qabri nomaʼlum. Mahalliy tarixchi Anatoliy Shaykinning gipotezasiga koʻra, soʻnggi yillarda u hozirgi Vilyada (Nijniy Novgorod viloyati) shaxsiy qoʻriqchisi Churay-Botirning qaramogʻida yashagan.

Bolalari tahrir

Safogaraydan boʻlgan oʻgʻli — UltyamishGaray.

Oʻz joniga qasd qilishi afsonasi tahrir

U Tataristonning milliy qahramoni sanaladi. Uning ismi birinchi navbatda Soyembike minorasi bilan bogʻliq, chunki Ivan Grozniy unga uylanmoqchi boʻlganida, Soyembike shunday shart qoʻydiki agar shox unga yetti qavatli (haftaning har kuni uchun bittadan) minora qursa, unga turmushga chiqishga rozi boʻlishini aytdi. Shunday qilib Ivan Grozniy minorani bir hafta ichida qurib bitkazdi, shunda Soyembike minora tepasiga chiqdi va oʻzining goʻzal ona vatani Qozonga toʻyib termulganidan soʻng, oʻz xalqiga boʻlgan his-tuygʻularga toʻlib toshgan holda, shoxga turmushga chiqishga jur`at qilolmadi va oʻzini minoradan tashladi.

Xotira tahrir

Soyembike minorasi-Qozon Kremlining tarixiy yodgorligi va Qozon meʼmoriy emblemasi[1].

Naberejnye Chelnidagi xiyobonlardan biri ham Soyembike deb nomlangan.[2]

Soyembike nomida Nizhnekamsk koʻchasi deb ataladi.

1991-yildan beri Qozonda „Soyembike“ ayollar uchun oylik jurnali nashr etildi.

2012-da „Sokrovishe O.K“ tarixiy-sarguzasht filmi suratga olingan, unda Soyembike obrazini aktrisa Anor Xalmatova amalga oshirdi.[3]

2022-yil 10-iyunKasimov shahrida Soyembik haykali ochilishi boʻlib oʻtdi[4].

Manbalar tahrir

  1. „Архивированная копия“. 2011-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 11-mart. Padayuщaya bashnya Syuyumbike
  2. V Ryazanskoy oblasti otkrili pamyatnik saritse Kazanskogo xanstva Syuyumbike TASS
  3. Pamyatnik Syuyumbike otkrili v Kasimove AiF Kazan
  4. V Kasimove otkrili pamyatnik Syuyumbike Tatar-inform