Soyuz MS-22
Soyuz MS-22 (№ 751) — Rossiyaning boshqariluvchi kosmik transport kemasi boʻlib, uning Xalqaro kosmik stansiyaga parvozi 2022-yilning 21-sentabr sanasiga rejalashtirilgan. 2022-yilning kuz faslida boshlanib, 2023-yilning bahor faslida yakunlanuvchi XKS-68 missiyasiga kosmonavt Sergey Prokopev boshchilik qiladi. U bilan bortmuhandislar Dmitriy Petelin va Anna Kikinalar (NASA astronavti Fransisko Rubioga almashtirilishi mumkin) parvoz qiladilar. Kema Boyqoʻngʻir kosmodromidan „Soyuz-2.1a“ raketa tashuvchisi yordamida uchiriladi[1].
Tarix
tahrirOlti oylik XKS-68 missiyasini amalga oshirish maqsadida kema parvozi 2022-yilning 21-sentabr kuni Moskva vaqti bilan 16:54 ga belgilangan.
Ekipaj
tahrirAstronavt | Lavozim | parvoz raqami | Tashkilot |
---|---|---|---|
Asosiy ekipaj[2] | |||
Rossiya Sergey Prokopiev | „Soyuz MS“ TPK qoʻmondoni | 2 | Roskosmos |
Rossiya Dmitriy Petelin | parvoz muhandisi | bitta | Roskosmos |
Rossiya Anna Kikina | parvoz muhandisi | bitta | Roskosmos |
Qoʻshimcha oʻquvchilar[2] | |||
Rossiya Oleg Kononenko | „Soyuz MS“ TPK qoʻmondoni | toʻrtta | Roskosmos |
Rossiya Nikolay Chub | parvoz muhandisi | bitta | Roskosmos |
Rossiya Andrey Fedyaev | parvoz muhandisi | bitta | Roskosmos |
Kema ekipaji 2021-yilning may oyida tasdiqlangan, unga komandir Sergiy Prokopev, bortmuhandislar Dmitriy Petelin va Anna Kikinalar kirgan. Ular xuddi shu tarkibda „Soyuz MS-21“ dublyorlar ekipaji tarkibiga ham kiritilgan. Asosiy ekipaj 2020-yilning oxirida tibbiy komissiyadan oʻtgan, mashgʻulotlar 2021-yilda oʻtkazilgan. Sergey Prokopev Ural poytaxti — Yekaterinburgda yashovchi odamlarni shaharning 300 yilligi bilan tabriklashni niyat qilgan, buning uchun u oʻzi bilan birga shahar bayrogʻi va gerbini olib ketadi. Kosmonavt ushbu anʼanani 2018-yilda, shahar kunini nishonlash uning kosmosdan yubordan xabari bilan boshlanganda oʻylab topgan. Kosmonavtlar kema bortiga 1,5 kilogrammlik buyumlarni olib ketishlari mumkin boʻlgani bois Sergey Valerevich oʻzi bilan Yekaterinburg bayrogʻi, Yekaterinburg planetariysi bayrogʻi va Yuqori Pishmadagi Kosmos muzeyi bayrogʻi, shuningdek „Viloyat gazetasi“ bayrogʻi hamda shahar tarixi bilan bogʻliq buyumlar: suratlar, tabriknomalar va boshqa narsalarni olib ketadi. Ushbu buyumlarga muhr qoʻyiladi va kosmonavt Yerga qaytib kelgandan keyin ular muzey eksponatiga aylanadi. XKSga Sergey Prokopevning ayni vaqtda Antarktidada Rossiyaning 66-Antarktida ekspeditsiyasi tarkibidagi xizmat qilayotgan akasi Aleksandr Prokopevdagi bayroqni olib ketish imkoniyati paydo boʻlishi ham mumkin[3][4][5].
Kema ekipaji Yu.A.Gagarin nomidagi kosmonavtlarni tayyorlash markazi ruhshunoslari tomonidan tanlangan. Ularning vazifalari 400 kilometrlik orbitadagi yopiq hududda 6 oy mobaynida oʻzini qulay his qila oladigan ekipajni tayyorlashdan iborat edi. Bortmuhandis Dmitriy Petelin Qozogʻistonda dunyoga kelgan, 2000-yillarda Chelyabinskdagi Janubiy Ural Davlat Universitetining aerokosmos fakultetida tahsil olgan. Balki aynan mana shu uni Sergey Prokopev rahbarlik qiladigan missiya tarkibiga kiritishdagi omillardan biri boʻlgandir. 37 yoshli Petelin 2012-yildan boshlab parvozga tayyorgarlik koʻrib keladi. Oʻtgan yillar mobaynida u qishda oʻrmon, dasht, togʻ, Boyqoʻngʻirdagi sahro va yarim sahro hududlariga qoʻngandan keyingi harakatlar, vertolyot kabinasiga koʻtarilish, parashyut bilan ishlash va gʻavvoslikka oid mashgʻulotlardan oʻtgan.
2021-yildan boshlab asosiy ekipaj tarkibida Anna Kikina ham bor, zaxiradagi ekipaj tarkibiga Andrey Fedyayev kiradi. 2021-yilning dekabr oyida Dmitriy Rogozin Kikina 2022-yil kuz faslida oʻzaro parvozlar dasturi boʻyicha Amerikaning „SpaceX Crew-5“ kemasida kosmosga uchishini maʼlum qildi. Shu tufayli „Soyuz“ ekipaji tarkibida katta ehtimol bilan NASA astronavti parvoz qilishi mumkin. Fedyayevning ham „Crew Dragon“ zaxira ekipaji tarkibiga kirishi ehtimoli bor.2022-yilning yanvar oyida „Roskosmos“ Anna Kikina „Soyuz MS-22“ning asosiy ekipaji tarkibida mashgʻulotlarni davom ettirishini maʼlum qildi, ammo „Roskosmos“ va NASA oʻrtasida XKSga oʻzaro parvozlar boʻyicha kelishuv imzolansa, Anna Kikinani „Crew Dragon“ kemasining (USCV-5 parvozi) asosiy ekipaji tarkibiga kiritish rejalashtirilgan, „Soyuz MS-22“ kemasining asosiy ekipaji tarkibida uning oʻrniga NASA astronavti Fransisko Rubio parvoz qiladi.
2022-yilning yanvar oyida Lindon Jonson nomidagi kosmos markaziga tashrif buyurish va bu yerda XKSning Amerika segmenti bilan tanishish uchun tashkil qilingan 5 haftalik sessiya oʻtkazish maqsadida AQShga bormoqchi boʻlgan kosmonavt Nikolay Chubga hech qanday tushuntirishlarsiz viza berilmadi. „Roskosmos“ Amerika tomonidan bunday qarorning qabul qilinishi kosmonavtning XKSdagi xavfsizligiga tahdid soladi degan fikrga keldi. Ushbu maʼlumot OAVda eʼlon qilinganidan keyin bir necha kun oʻtib Chubga AQShga borish uchun viza berildi, shuningdek kosmonavt Anna Kikina ham Amerikaga viza oldi.
Manbalar
tahrir- ↑ Сергей Прокопьев снова полетит в космос
- ↑ 2,0 2,1 „Экипажи на подготовке“. Центр подготовки космонавтов имени Ю. А. Гагарина (2021-yil 1-may). 2021-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-sentyabr.
- ↑ „Кикина может побить рекорд пребывания россиянок в космосе“. РИА Новости (2021-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 29-sentyabr.
- ↑ Россия планирует увеличить число пусков кораблей «Союз» к МКС в 2021—2023 годах
- ↑ Россия начнет отправлять к МКС по три корабля в год — СМИ