Spin Boldak (pushtucha: سپین بولدک) — Afgʻonistonning Qandahor viloyati janubidagi tuman. Ushbu tuman Pokiston bilan chegaradosh. U shimolda Qandahor shahri, janubda Pokistonning Chaman va Kvetta shaharlari bilan avtomobil yoʻli orqali bogʻlangan.

Spin Boldak tumani

سپین بولدک
tuman
31°0′29″N 66°23′53″E / 31.00806°N 66.39806°E / 31.00806; 66.39806
Mamlakat Afgʻoniston
Vaqt mintaqasi UTC+4,30
Spin Boldak tumani xaritada

Tumanda asosan Nurzay va Achakzay pushtunlari istiqomat qiladi[1].

Iqlimi

tahrir

Spin Boldakda oʻrtacha harorat 19,7 °C, yillik yogʻingarchilik esa oʻrtacha 217 mm ni tashkil qiladi. Iyul oyi yilning eng issiq oyi boʻlib, oʻrtacha harorat 31,8 °C. Eng sovuq oy — yanvarning o'rtacha harorati 6,9 °C.

Manbalar

tahrir
  1. "The Master of Spin Boldak: Undercover with Afghanistan’s drug-trafficking border police" (Wayback Machine saytida 2021-08-19 sanasida arxivlangan) by Matthieu Aikins, Harper's Magazine, December 2009, p. 54. Retrieved 20 April 2010.