Srđan Grahovac (talaffuzi: Sardjan Grahovas) (1992-yil 19-sentyabrda tugʻilgan) — bosniyalik professional futbolchi, TFF Birinchi liga klubi " Caykur Rizespor "da himoyakor yarim himoyachisi ampulasida oʻynaydi.

Srđan Grahovac
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Srđan Grahovac
Tavallud sanasi 19-sentyabr 1992-yil (1992-09-19) (31 yosh)
Tavallud joyi Banja Luka, Bosniya va Gersegovina
Boʻyi 1.82 m
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Çaykur Rizespor
Raqami 8
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Borac Banja Luka
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009—2014 Borac Banja Luka 116 (6)
2014—2018 Rapid Wien 59 (4)
2017Astana (Ijara) 26 (8)
2018—2019 Astana 0 (0)
2018Rijeka (Ijara) 26 (0)
2019—2022 Rapid Wien 80 (2)
2022- Çaykur Rizespor 7 (0)
Milliy terma jamoa
2007—2008 Bosniya va Gersegovina U17 6 (1)
2010 Bosniya va Gersegovina U19 5 (0)
2011—2014 Bosniya va Gersegovina U21 23 (3)
2016 Bosniya and Gersegovina 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 11-sentyabr uchun)

Grahovac oʻzining professional faoliyatini Borac Banja Luka jamosida boshlagan, 2014-yilda Rapid Wienga jamosiga qoʻshilgan. 2017-yilda u „Astana“ jamoasiga ijara asosida qoʻshilgan va keyingi mavsum u jamoa bilan doimiy shartnoma imzolagan. Oʻsha yili u Rijeka jamosiga ijaraga berilgan. Grahovac 2019-yilda Rapid Wien jamosiga qaytgan. Uch yildan soʻng u "Caykur Rizespor "ga oʻtgan.

Bosniya va Gersegovina yoshlar terma jamoasi safida Grahovac 2016-yilda 3 ta oʻyin oʻtkazgan.

Klubdagi faoliyati tahrir

Yoshlik yillari tahrir

Grahovac oʻzining tugʻilib oʻsgan shahrining Borak Banya Lukaning yoshlar akademiyasida tahsil olgan[1]. U 2009-yilning 1-avgustida 16 yoshida Laktashiga qarshi oʻyinda professional futboldagi debyutini oʻtkazgan[2], 2011-yil 27-fevralda u jamoasi bilan Shiroki Briyeg ustidan g‘alaba qozongan. Oʻyinda u o‘zining birinchi professional golini kiritgan[3].

Rapid Wien tahrir

2014-yilning iyun oyida Grahovac Avstriyaning „Rapid Wien“ jamoasiga nomaʼlum to‘lov evaziga o‘tgan[4]. U jamoadagi rasmiy debyutini 31-avgust kuni „Grödig“ga qarshi oʻtkazgan[5]. 2015-yilning 29-noyabrida u „Rapid Wien“ tarkibida o‘zining birinchi golini „Altach“ga qarshi o‘yinda kiritgan[6].

2016-yil iyun oyida u shartnomasini 2019-yil iyunigacha uzaytirgan[7].

Astana tahrir

2017-yilning mart oyida Grahovac Qozogʻistonning „Astana“ jamoasiga mavsum oxirigacha ijaraga berilgan[8]. U klubdagi debyutini 1-aprel kuni Qaragandining „Shaxtyor“ klubiga qarshi oʻtkazgan[9]. 16-aprel kuni u jamoasi bilan „Oqjetpes“ ustidan qozonilgan gʻalabada jamoadagi ilk golini kiritgan[10].

2018-yilning fevralida „Astana“ bilan doimiy shartnoma imzolaganidan so‘ng, u Xorvatiyaning „Rijeka“ jamoasiga bir yilga ijaraga berilgan[11].

Rapid Wienga qaytish tahrir

2019-yil yanvar oyida Grahovac 2022-yil iyunigacha shartnoma asosida Rapid Wien jamoasiga qaytgan[12]. U jamoadagi ilk rasmiy oʻyinini 2-mart kuni " Sent-Polten "ga qarshi oʻtkazgan[13].

Grahovac klubdagi 100-oʻyinini 30-may kuni „Sturm Graz“ga qarshi oʻtkazgan[14].

2021-yilning 31-yanvarida u LASKga qarshi o‘yinda „Rapid Wien“ tarkibidagi birinchi golini kiritgan[15].

Xalqaro faoliyati tahrir

Grahovac barcha yoshlar darajasida Bosniya va Gersegovina terma jamosini himoya qilgan. U, shuningdek, Vlado Yagodich bosh murabbiyligidagi 21 yoshgacha boʻlganlar jamoa sardori boʻlib 23 oʻyinda maydonga jamoani boshlab tushgan[16].

2015-yil sentabr oyida u UEFA Yevro-2016 saralash bosqichida Uels va Kiprga qarshi oʻyin uchun birinchi marta kattalae terma jmoasidan chaqiruv olgan[17]. Lekin u Lyuksemburgga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida terma jamoa safida debyut qilgan[18].

Karyera statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Borac Banja Luka 2009—2010 Bosniya Premyer Ligasi 10 0 3 0 - - 13 0
2010—2011 Bosniya Premyer Ligasi 24 1 2 0 0 0 - 26 1
2011—2012 Bosniya Premyer Ligasi 26 1 6 0 2 0 - 34 1
2012—2013 Bosniya Premyer Ligasi 29 2 1 0 2 1 - 32 3
2013—2014 Bosniya Premyer Ligasi 27 2 2 0 - - 29 2
Jami 116 6 14 0 4 1 - 134 7
Rapid Wien 2014—2015 Avstriya Bundesligasi 13 0 3 0 0 0 - 16 0
2015—2016 Avstriya Bundesligasi 26 2 2 0 11 0 - 39 2
2016—2017 Avstriya Bundesligasi 20 2 2 0 9 0 - 31 2
Jami 59 4 7 0 20 0 - 86 4
Astana (Ijara) 2017 Qozogʻiston Premyer Ligasi 26 8 0 0 10 0 - 36 8
Rijeka (Ijara) 2017—2018 Xorvatiya Futbol Ligasi 14 0 1 0 - - 15 0
2018—2019 Xorvatiya Futbol Ligasi 12 0 1 0 2 0 - 15 0
Jami 26 0 2 0 2 0 - 30 0
Rapid Wien 2018—2019 Avstriya Bundesligasi 8 0 2 0 2 0 3 0 15 0
2019—2020 Avstriya Bundesligasi 19 0 1 0 - - 20 0
2020—2021 Avstriya Bundesligasi 27 1 2 0 7 0 - 36 1
2021—2022 Avstriya Bundesligasi 23 1 3 2 12 0 - 38 3
Jami 77 2 8 2 21 0 3 0 109 4
Rizespor 2022-2023 1. Lig 4 0 0 0 - - 4 0
Karyerada jami 308 20 31 2 57 1 3 0 399 23

Xalqaro tahrir

Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Bosniya va Gertsegovina
2016-yil 3 0
Jami 3 0

Manbalar tahrir

  1. „Predstavljamo Srđana Grahovca: Fudbalsko blago iz Banjaluke“ (Bosnian). nezavisne.com (2011-yil 10-noyabr). Qaraldi: 2011-yil 11-noyabr.
  2. „Golijada Veleža i nova sramota u Trebinju“ (Bosnian). sportsport.ba (2009-yil 1-avgust). Qaraldi: 2009-yil 1-avgust.
  3. „Borac odnio pun plijen sa Pecare“ (Bosnian). sportsport.ba (2011-yil 27-fevral). Qaraldi: 2011-yil 28-fevral.
  4. „Srđan Grahovac potpisao za bečki Rapid“ (Bosnian). sportsport.ba (2014-yil 7-iyun). Qaraldi: 2014-yil 7-iyun.
  5. „Rapid slavio, Grahovac odigrao 90 minuta“ (Bosnian). sportsport.ba (2014-yil 31-avgust). Qaraldi: 2014-yil 1-sentyabr.
  6. „Grahovac se ugledao na Pjanića“ (Bosnian). sportsport.ba (2015-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 1-dekabr.
  7. „Grahovac produžio vjernost viceprvaku Austrije“ (Bosnian). reprezentacija.ba (2016-yil 18-iyun). Qaraldi: 2016-yil 18-iyun.
  8. „Srđan Grahovac na posudbi u Astani“ (Bosnian). reprezentacija.ba (2017-yil 17-mart). Qaraldi: 2017-yil 18-mart.
  9. „Grahovac: Zadovoljan sam uslovima u Kazahstanu“ (Bosnian). sportsport.ba (2017-yil 6-aprel). Qaraldi: 2017-yil 7-aprel.
  10. „Grahovac strijelac u visokoj pobjedi Astane“ (Bosnian). sportsport.ba (2017-yil 16-aprel). Qaraldi: 2017-yil 18-aprel.
  11. „Srđan Grahovac na posudbi u Rijeci do kraja 2018. godine“ (Bosnian). klix.ba (2018-yil 13-fevral). Qaraldi: 2018-yil 14-fevral.
  12. „Zvanično: Srđan Grahovac ponovo u dresu bivšeg kluba“ (Bosnian). scsport.ba (2019-yil 15-yanvar). 2022-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-yanvar.
  13. „Dobra partija Srđana Grahovca nije prošla neopaženo“ (Bosnian). sportsport.ba (2019-yil 2-mart). Qaraldi: 2019-yil 2-mart.
  14. „Srđan Grahovac neće po dobrom pamtiti 100. nastup za klub“ (Bosnian). oslobodjenje.ba (2019-yil 30-may). Qaraldi: 2019-yil 1-iyun.
  15. „Srđan Grahovac strijelac, Rapid nastavlja potjeru za Salzburgom“ (Bosnian). sportsport.ba (2021-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 1-fevral.
  16. „Srđan Grahovac: Selektor će odlučiti o mom debiju“ (Bosnian). reprezentacija.ba (2015-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 8-oktyabr.
  17. „Meša objavio spisak, pozvao i Hodžića, Grahovca, Vranješa“ (Bosnian). sportsport.ba (2015-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 30-sentyabr.
  18. „Zmajevi slomili otpor Luksemburga u drugom poluvremenu i slavili sa 3:0“ (Bosnian). klix.ba (2016-yil 25-mart). Qaraldi: 2016-yil 26-mart.