Gulparshin Srimbetova

(Srimbetova Gulparshindan yoʻnaltirildi)

Gulparshin Srimbetova (1945, Moʻynoq tumani) — qoraqalpoq xonandasi (lirikdramatik soprano), Qoraqalpogʻiston (1973), Oʻzbekiston (1974) va Boshqirdiston (1977) xalq artisti. Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1970). Nafasi keng, jarangdor ovoz sohibasi. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat filarmoniyasida yakkaxon xonanda (1961—63 va 1970 yildan). Repertuaridan xalq qoʻshiklari ("Dembermes", "Bibisanam", "Eshvoy", "Adingnan" "Ellarim bordi" va boshqalar), kompozitor ("Nukus gullari", "Yor-yor aytayin", N. Muhammaddinov) va bastakorlar asarlari ("Dutorim mening", X. Turdiqulov) oʻrin olgan. Qozon, Ufa, Moskva kabi shaharlarda gastrolda boʻlgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1974).[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil