Srinagar
Srinagar (kashmircha — muqaddas shahar) — Hindistonning shim. qismidagi shahar. Jalam daryosi boʻyida, Kashmir vodiysida, 1600 m balandlikda joylashgan. Jammu va Kashmir shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 910 ming kishi (2001). Transport yoʻllarining yirik tuguni. Toʻqimachilik sanoati rivojlangan: pillakashlik, shoyi toʻqish, jun gazlama f-kalari bor. Yogʻochsozlik, oziqovqat, mashinasozlik, koʻnteri sanoati korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Hunarmandchilik rivojlangan: gilam, kashmiri shol roʻmol, ipak gazlama toʻqiladi, kumush va zargarlik buyumlari tayyorlanadi, yogʻoch oʻymakorligi bilan shugʻullaniladi. 2 universitet, yirik aeroport bor. Meʼmoriy yodgorliklardan Jome masjidi (15-asr), Boburiylar davridan qolgan bogʻparklar saqlangan. S Jalam daryosining har ikki sohili boʻylab choʻzilgan va 9 koʻprik orqali bogʻlangan. Shaharda ichki aloqalar, asosan, qayiqlar orqali amalga oshiriladi, shu sababli S.ni "Osiyo Venetsiyasi" deb ham ataydilar.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |