Stanford Moore
Stanford Moore (1913.4.9, Chikago – 1982.23.8, Nyu-York) — amerikalik biokimyogar. AQSH Milliy Fanlar Akademiyasi va Amerika fan va sanʼat akademiyasi aʼzosi. Nyu-Yorkdagi Rokfeller tibbiyot tadqiqotlari instituti professor (1952-yildan). Ilmiy ishlari oqsillarning tuzilishi va fermentlar kimyosiga oid. Aminokislotalar miqdorini aniqlash, ularni xromatografik usulda ajratish uchun avtomatik qurilmani taklif etgan. Nobel mukofoti laureati (1972, K. Anfinsen va William Howard Stein bilan hamkorlikda).[1][2]
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |