Stanislav Mitrofanovich Stadnik (1940-yil 21-may, Toshkent, SSSR1998-yil 14-dekabr, Toshkent, Oʻzbekistonda vafot etgan) — sovet futbolchisi, hujumchi. Sport ustasi.

Stanislav Stadnik
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Stanislav Mitrofanovich Stadnik
Tavallud sanasi 1940-yil 21-may
Tavallud joyi Toshkent, SSSR
Vafot sanasi 1998-yil 14-dekabr (58 yosh)
Vafot joyi Тoshkent, Oʻzbekiston
Boʻyi 186-yil
Ampluasi hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1960-1961 Sovet Ittifoqi Paxtakor (41 (6))
1962-1963 Sovet Ittifoqi Dinamo (Moskva) (18 (2))
1963-1965 Sovet Ittifoqi Paxtakor (21 (7))
1965-1970 Sovet Ittifoqi Tashavtomash (? (?))
1971 Sovet Ittifoqi Mehnat (Jizzax) (? (?))
1972 Sovet Ittifoqi Yangiariq (? (?))
- Sovet Ittifoqi Politotdel (Eski Doʻstlik) (? (?))
- Sovet Ittifoqi Pyatiletka (? (?))
Boshqargan klublari
1972
-
Sovet Ittifoqi Yangiariq
Oʻzbekiston Traktor (murabbiy)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Biografiyasi tahrir

Stanislav Stadnik sportdagi faoliyatini 1960-yili SSSR chempionatidagi ,,Kayrat” jamoasida boshlagan. Biroq futbolchi ushbu klub ishtirokida birorta ham oʻyin oʻtkazmagani sabab may oyida ,,Paxtakor” klubiga oʻtgan. Ushbu jamoa safida 2 mavsumni yaxshi oʻtkazgan Stanislav Moskvaning ,,Dinamo” klubiga taklif qilingan. 1962-yil 2-mayda futbolchi Belarusga qarshi boʻlib oʻtgan oʻyinda debyut qilgan.

Ushbu uchrashuvda Stadnik asosiy tarkibda maydonga tushgan va 81-daqiqada jamoasining ikkinchi golini urishga muvaffaq boʻlib, ,,Dinamo”ga 2:0[1] hisobida gʻalaba keltirgan.

Stanislav Stadnik 1962-1963-yillarda umumiy hisobda moskvaliklar safida 18 ta oʻyin oʻtkazgan va ushbu oʻyinlarda 2 bor raqiblar darvozasini ishgʻol qilishga erishgan.

1963-yilda Stadnik yana ,,Paxtakor” klubiga qaytgan, biroq uch mavsumdan soʻng bosh murabbiy  Мixail Yakushin bilan yuzaga kelgan kelishmovchiliklar sababli klubni tark etishga majbur boʻlgan.


Stanislav Stadnik faoliyatini Oʻzbekistonning quyi divizionidagi turli klublarida yakunlagan. Oradan biroz vaqt oʻtgach futbolchi oʻzining murabbiylik faoliyatini boshlagan.

Sport ustasi Stanislav Mitrofanovich 1998-yil 14-dekabrda Toshkentda vafot etgan va shahardagi Botkin qabristoniga dafn etilgan[2].

Yutuqlari tahrir

  ,,Dinamo” safida
  • 1963-yil SSSR chempioni

Manbalar tahrir

  1. „Динамо (Москва) - Беларусь (Минск) 2:0“ (ru). FC-Dynamo. 2014-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 23-mart.
  2. „Место захоронения“. 2022-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-iyun.

Havolalar tahrir