Stefania Berton
Stefania Berton (talaffuzi: Stefaniya Berton; 1990-yil 19-iyulda tugʻilgan) — Italiya terma jamoasi vakili sifatida musobaqalarda qatnashgan italiyalik juftlikda konkida uchuvchi. Sherigi Ondřej Hotárek bilan birga 2013-yilgi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori, 2013 Skate Canada International musobaqasining chempioni va uch karra Italiyaning milliy chempioni boʻlgan. Berton / Hotárek jufligi Yevropa va Gran-pri musobaqalarining medallarini qoʻlga kiritgan birinchi italiyalik juftlikda konkida uchuvchilari hisoblanadi.
Stefania Berton | |
---|---|
Berton va Hotárek, 2012-yil | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Davlat | Italiya |
Tavalludi |
19-iyul 1990-yil Asiago, Italiya |
Ona shahri | Milan |
Boʻyi | 1.61 m (5 ft 3 in) |
Oldingi sheriklari | Ondřej Hotárek, Marco Fabbri |
Murabbiyi | Franca Bianconi, Karel Fajfr |
Jamoasi | Sesto Ice Skate Milano |
Uchishni boshlagan | 1994 |
Yakunlagan | 2014 |
Shaxsiy rekordlari | |
Qisqa dastur | 70.31 |
Erkin dastur | 126.39 |
Faoliyati
tahrirStefania Berton 2009-yil boshida Hotárek bilan juftlik hosil qilgan. Juftlik 2010-yilgi Italiya milliy chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan va Jahon chempionatida ishtirok etish uchun saralansihdan muvaffaqiyatli oʻtgan. Juftlik oʻzining ilk Jahon chempionatida ishtirok etib, 11-oʻrinni egallagan.
2010 — 2011-yilgi mavsumda Berton / Hotárek Nebelhorn Trophy musobaqasida qatnashib, kumush medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, ular Rossiya kubogida oltinchi oʻrinni egallagan holda Gran-pri bosqichida debyut qilgan. Juftlik oʻzlarining birinchi Italiya milliy chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan va 2011-yilgi Yevropa chempionatiga yuborilgan. Juftlik Yevropa chempionatining qisqa dastur namoyishi boʻyicha toʻrtinchi, erkin dastur boʻyicha esa beshinchi oʻrinni egallab, ikkala dasturda shaxsiy eng yaxshi natijalarni qayd etishgan va jami 164,83 ball bilan jamoalar oʻrtasida beshinchi oʻrinni egallagan[1].
Berton / Xotárek juftligi 2011 — 2012-yilgi mavsumni 2011 Ondrej Nepela Memorial turnirida boshlagan va u yerda kumush medalni qoʻlga kiritgan[2]. Gran-pri mavsumida ishtirok etgan juftlik, 2011 NHK Trophy musobaqasida 4-oʻrinni egallagan va 2011 Rostelecom Cup turnirida bronza medalini qoʻlga kiritgan[3].
Dasturlari
tahrirHotárek bilan
tahrirMavsum | Qisqa dastur | Erkin dastur |
---|---|---|
2013 — 14 |
| |
2012 — 13 |
|
|
2011 — 12 |
|
|
2010 — 11 |
|
|
2009 — 10 |
|
|
Natijalari
tahrirGP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Italiya vakili sifatida Hotárek bilan
tahrirXalqaro | |||||
---|---|---|---|---|---|
Musobaqa | 09 — 10 | 10 — 11 | 11 — 12 | 12 — 13 | 13 — 14 |
Olimpiada | 11 | ||||
Jahon chempionati | 11 | 10 | 11 | 10 | 9 |
Yevropa chempionati | 5 | 4 | 3 | 4 | |
GP Bompard | 3 | ||||
GP NHK Trophy | 4 | ||||
GP Rostelecom | 6 | 3 | |||
GP Skate America | 5 | ||||
GP Skate Canada | 3 | 1 | |||
Nice Cup | 1 | ||||
Ice Challenge | 3 | ||||
Nepela Memorial | 2 | 2 | |||
NRW Trophy | 2 | 1 | 2 | ||
Milliy | |||||
Italiya chempionati | 2 | 1 | 1 | 1 | 1 |
Manbalar
tahrir- ↑ Kany, Klaus-Reinhold. „Volosozhar, Trankov oust rival Germans for gold“. IceNetwork (2013-yil 24-yanvar). 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-dekabr.
- ↑ Buongiovanni, Andrea „Ghiaccio, Berton-Hotarek, favola finita; C'è un progetto Marchei-Hotarek“ [Ice skating, Berton-Hotarek story over; Marchei-Hotarek may skate together] (it). La Gazzetta dello Sport (2014-yil 2-iyul).
- ↑ Bőd, Titanilla. „Stefania Berton and Ondřej Hotárek: "We always have new goals and we never stop"“. Absolute Skating (2013-yil 12-mart).